Янгиликлар
E'LON
Namangan viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi boʻsh (vakant) lavozimlarga
tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida
El-0359/2022-son
EʼLON
14-02-2022 dan.02-03-2022 gacha
Namangan viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi
tuman (shahar) adliya boʻlimidagi boʻsh (vakant) lavozim
T/r |
Boʻsh (vakant) joy nomi |
Vakant lavozim |
Shtat soni |
1 |
Davlatobod tumani adliya boʻlimi |
Yetakchi maslahatchi |
1 ta |
2 |
Mingbuloq tumani adliya boʻlimi |
Bosh maslahatchi |
1 ta |
3 |
Chust tumani adliya boʻlimi |
Bosh maslahatchi |
1 ta |
4 |
Yangi Namangan tumani adliya boʻlimi |
bosh maslahatchi |
1 ta |
Lavozimga qoʻyiladigan malaka va koʻnikma talablar
- faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha qonunchilik va huquq amaliyotini yuqori saviyada bilish;
- axborotni tahlil qila olish va umumlashtirish, axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;
- tarkibiy boʻlinma rahbari tomonidan berilgan topshiriqlarni oʻz vaqtida va sifatli ijro qilish;
- aniq tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- huquqiy va rasmiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash;
- jamoada ishlash qobiliyatiga ega boʻlish;
- sohani va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
- qaror qabul qilish va kommunikabillik qobiliyatiga ega boʻlish;
- huquqiy targʻibot ishlarini amalga oshirish;
- rasmiy hujjatlarni tayyorlash;
- kompyuter va boshqa orgtexnika, zarur dasturiy taʼminotlardan foydalana olish.
Rasmiy talablar:
- oliy yuridik (yurisprudensiya mutaxassisligi boʻyicha) maʼlumotga ega boʻlish;
- mutaxassislik boʻyicha kamida 1 yil ish staji, muqaddam bevosita faoliyat yoʻnalishida ishlaganlar afzallikga ega boʻladi;
- davlat tilini mukammal bilishi, shu bilan birga rus va ingliz tillarini yaxshi bilish;
- shaxsiy xususiyatlar: holollik, mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik va vijdonlilik.
Mehnat sharoiti va ish haqi:
· barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;
· ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);
· oylik ish haqi lavozimga qarab qoʻshimcha toʻlovlari bilan birga oʻrtacha.
3,5-4 mln. soʻm
· xorijda malaka oshirish va stajirovka oʻtash imkoniyati;
· qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiy ijtimoiy taʼminot paket.
· idoraviy tibbiy xizmat va sogʻlomlashtirish maskanidan foydalanish imkoniyati mavjud.
Qoʻshimcha afzalliklar:
· zamonaviy fikrlaydigan va ahil jamoa;
· davlat xizmatlarida yuqori lavozimlarga koʻtarilish imkoniyati.
Murojaat muddati:
Nomzodlar 2022-yilning 2-mart kuniga qadar hujjatlarini yuborishi mumkin.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzod Adliya vazirligining www.vacancy.adliya.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtib, shaxsiy kabineti orqali quyidagilarni tizimga biriktirishi lozim:
· shaxsiy varaqasi (Nizomning 29-ilovasiga muvofiq maʼlumotnoma-obyektivka) (rasm oʻrnatilgan holda, elektron shaklda WORD formatda);
· oliy yuridik maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom (yoki diplom koʻchirmasi), chet elda oʻqigan boʻlsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan oʻtganligini tasdiqlovchi guvohnoma (ushbu hujjatlarni rangli koʻrinishdagi elektron PDF shakli);
· 3x4 sm oʻlchamdagi rangli fotosurati (Elektron JPG formatda elektron shaklda);
· fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi (rangli koʻrinishda elektron PDF shaklda).
Murojaat uchun:
- Namangan viloyat adliya boshqarmasi (Namangan shahri, Lutfiy koʻchasi, 7A-uy).
· Maʼlumot uchun telefon raqami: 69-227-05-45, 69-227-03-76
Tanlov jarayonlarini ushbu https://www.minjust.uz havola orqali onlayn tarzda kuzatish imkoniyati mavjud.
Ishga qabul qilish tartibi bilan quyidagi havolasi orqali tanishish mumkin
https://namangan.adliya.uz/uz/news/detail.php?ID=43874
Savollar ruyxati bilan quyidagi havolasi orqali tanishish mumkin;
https://namangan.adliya.uz/uz/news/detail.php?ID=42026
Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.