Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
14.12.2022

E ‘ L O N

El-0765/2022 -sonli

E ‘ L O N

14.12.2022 yil

14-12-2022 dan 24-12-2022 gacha

Namangan viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi

bo‘sh (vakant) lavozim

 

T/r

Bo‘sh (vakant) joy nomi

Vakant lavozim

Shtat soni

1

Chust tuman adliya bo‘limining FHDY bo‘limi

Ish yurituvchi

1 ta

Lavozimga qo‘yiladigan malaka va ko‘nikma talablar

 

- faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha qonunchilik va huquq amaliyotini yuqori saviyada bilish;

- axborotni tahlil qila olish va umumlashtirish, axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;

- tarkibiy bo‘linma rahbari tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli ijro qilish;

- aniq tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish;

- huquqiy va rasmiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash;

- jamoada ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish;

- sohani va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

- qaror qabul qilish va kommunikabillik qobiliyatiga ega bo‘lish;

- huquqiy targ‘ibot ishlarini amalga oshirish;

- rasmiy hujjatlarni tayyorlash;

- kompyuter va boshqa orgtexnika, zarur dasturiy ta’minotlardan foydalana olish.

 

Rasmiy talablar:

- huquqshunoslik mutaxassisligi bo‘yicha o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lish;

- davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);

- shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

 

Mehnat sharoiti va ish haqi:

· barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;

· ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);

· oylik ish haqi lavozimga qarab qo‘shimcha to‘lovlari bilan birga o‘rtacha.
2, 2.5 mln. so‘m

· qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiy ijtimoiy ta’minot paket.

· idoraviy tibbiy xizmat va sog‘lomlashtirish maskanidan foydalanish imkoniyati mavjud.

 

Qo‘shimcha afzalliklar:

· zamonaviy fikrlaydigan va ahil jamoa;

· davlat xizmatlarida yuqori lavozimlarga ko‘tarilish imkoniyati.

 

 

Murojaat muddati:

Nomzodlar 2022-yilning 24-dekabr kuniga qadar hujjatlarini yuborishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzod Adliya vazirligining www.vacancy.adliya.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib, shaxsiy kabineti orqali quyidagilarni tizimga biriktirishi lozim:

·           shaxsiy varaqasi (Nizomning 29-ilovasiga muvofiq ma’lumotnoma-ob’ektivka) (rasm o‘rnatilgan holda, elektron shaklda WORD formatda);

·           oliy yuridik ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (yoki diplom ko‘chirmasi), chet elda o‘qigan bo‘lsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma (ushbu hujjatlarni rangli ko‘rinishdagi elektron PDF shakli);

·           3x4 sm o‘lchamdagi rangli fotosurati (Elektron JPG formatda elektron shaklda);

·           fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi (rangli ko‘rinishda elektron PDF shaklda).

Murojaat uchun:

  • Namangan viloyat adliya boshqarmasi (Namangan shahri, Lutfiy ko‘chasi, 7A-uy).

·         Ma’lumot uchun telefon raqami: 69-227-05-45, 69-227-03-76

 

Tanlov jarayonlarini ushbu https://www.minjust.uz havola orqali onlayn tarzda kuzatish imkoniyati mavjud.

Ishga qabul qilish tartibi bilan quyidagi havolasi orqali tanishish mumkin

https://namangan.adliya.uz/uz/news/detail.php?ID=43874

Savollar ruyxati bilan quyidagi havolasi orqali tanishish mumkin;

https://namangan.adliya.uz/uz/news/detail.php?ID=42026

Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.


Рўйҳатга қайтиш