Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
10.11.2022

E ʼ L O N

Namangan viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi boʻsh (vakant) lavozimlarga
tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida
El-0706/2022 -sonli
E ʼ L O N
№7
09.11.2022-yil
09-11-2022 dan 20-11-2022 gacha
Namangan viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi
boʻsh (vakant) lavozim

T/r Boʻsh (vakant) joy nomi Vakant lavozim Shtat soni
1 Pop tuman adliya boʻlimining 2-son FHDYO boʻlimi mudir 1 ta
Lavozimga qoʻyiladigan malaka va koʻnikma talablar

- faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha qonunchilik va huquq amaliyotini yuqori saviyada bilish;
- axborotni tahlil qila olish va umumlashtirish, axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;
- tarkibiy boʻlinma rahbari tomonidan berilgan topshiriqlarni oʻz vaqtida va sifatli ijro qilish;
- aniq tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- huquqiy va rasmiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash;
- jamoada ishlash qobiliyatiga ega boʻlish;
- sohani va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
- qaror qabul qilish va kommunikabillik qobiliyatiga ega boʻlish;
- huquqiy targʻibot ishlarini amalga oshirish;
- rasmiy hujjatlarni tayyorlash;
- kompyuter va boshqa orgtexnika, zarur dasturiy taʼminotlardan foydalana olish.

Rasmiy talablar:

- yigirma besh yoshdan kichik boʻlmaslik;
- huquqshunoslik mutaxassisligi boʻyicha oliy yoki oʻrta-maxsus maʼlumotga ega boʻlish;
- mutaxassislik boʻyicha kamida uch yillik, shu jumladan FHDYO organida kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlish;
- davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);
- shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

Mehnat sharoiti va ish haqi:
• barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;
• ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);
• oylik ish haqi lavozimga qarab qoʻshimcha toʻlovlari bilan birga oʻrtacha.
5,5-6 mln. soʻm
• xorijda malaka oshirish va stajirovka oʻtash imkoniyati;
• qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiy ijtimoiy taʼminot paket.
• idoraviy tibbiy xizmat va sogʻlomlashtirish maskanidan foydalanish imkoniyati mavjud.

Qoʻshimcha afzalliklar:
• zamonaviy fikrlaydigan va ahil jamoa;
• davlat xizmatlarida yuqori lavozimlarga koʻtarilish imkoniyati.

Murojaat muddati:

Nomzodlar 2022-yilning 20-noyabr kuniga qadar hujjatlarini yuborishi mumkin.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzod Adliya vazirligining www.vacancy.adliya.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtib, shaxsiy kabineti orqali quyidagilarni tizimga biriktirishi lozim:
• shaxsiy varaqasi (Nizomning 29-ilovasiga muvofiq maʼlumotnoma-obyektivka) (rasm oʻrnatilgan holda, elektron shaklda WORD formatda);
• oliy yuridik maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom (yoki diplom koʻchirmasi), chet elda oʻqigan boʻlsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan oʻtganligini tasdiqlovchi guvohnoma (ushbu hujjatlarni rangli koʻrinishdagi elektron PDF shakli);
• 3x4 sm oʻlchamdagi rangli fotosurati (Elektron JPG formatda elektron shaklda);
• fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi (rangli koʻrinishda elektron PDF shaklda).

Murojaat uchun:
• Namangan viloyat adliya boshqarmasi (Namangan shahri, Lutfiy koʻchasi, 7A-uy).
• Maʼlumot uchun telefon raqami: 69-227-05-45, 69-227-03-76

Tanlov jarayonlarini ushbu https://www.minjust.uz havola orqali onlayn tarzda kuzatish imkoniyati mavjud.
Ishga qabul qilish tartibi bilan quyidagi havolasi orqali tanishish mumkin
https://namangan.adliya.uz/uz/news/detail.php?ID=43874
Savollar ruyxati bilan quyidagi havolasi orqali tanishish mumkin;
https://namangan.adliya.uz/uz/news/detail.php?ID=42026

Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.


Рўйҳатга қайтиш