Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
19.11.2021

E'lon

EʼLON

El-0219/2021

19-11-2021

 

Namangan viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi

tuman (shahar) adliya boʻlimidagi boʻsh (vakant) lavozim

 

T/r

Boʻsh (vakant) joy nomi

Vakant lavozim

Shtat soni

1

Mingbuloq tuman adliya boʻlimi

bosh maslahatchi

1 ta

2

Chortoq tuman adliya boʻlimi

bosh maslahatchi

1 ta

3

Toʻraqoʻrgʻon tuman adliya boʻlimi

bosh maslahatchi

1 ta

4

Yangi Namangan tuman adliya boʻlimi

yetakchi maslahatchi

1 ta

5

Namangan shahar adliya boʻlimi

yetakchi maslahatchi

1 ta

6

Toʻraqoʻrgʻon tuman adliya boʻlimi

yetakchi maslahatchi

1 ta

 

Lavozimga qoʻyiladigan malaka va koʻnikma talablar

 

- faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha qonunchilik va huquq amaliyotini yuqori saviyada bilish;

- axborotni tahlil qila olish va umumlashtirish, axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;

- tarkibiy boʻlinma rahbari tomonidan berilgan topshiriqlarni oʻz vaqtida va sifatli ijro qilish;

- aniq tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish;

- huquqiy va rasmiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash;

- jamoada ishlash qobiliyatiga ega boʻlish;

- sohani va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;

- qaror qabul qilish va kommunikabillik qobiliyatiga ega boʻlish;

- huquqiy targʻibot ishlarini amalga oshirish;

- rasmiy hujjatlarni tayyorlash;

- kompyuter va boshqa orgtexnika, zarur dasturiy taʼminotlardan foydalana olish.

 

Rasmiy talablar:

- oliy yuridik (yurisprudensiya mutaxassisligi boʻyicha) maʼlumotga ega boʻlish;

- mutaxassislik boʻyicha kamida 1 yil ish staji, muqaddam bevosita faoliyat yoʻnalishida ishlaganlar afzallikga ega boʻladi;

- davlat tilini mukammal bilishi, shu bilan birga rus va ingliz tillarini yaxshi bilish;

- shaxsiy xususiyatlar: holollik, mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik va vijdonlilik.

 

Mehnat sharoiti va ish haqi:

· barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;

· ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);

· oylik ish haqi lavozimga qarab qoʻshimcha toʻlovlari bilan birga oʻrtacha.3,5-4 mln. soʻm

· xorijda malaka oshirish va stajirovka oʻtash imkoniyati;

· qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiy ijtimoiy taʼminot paket.

· idoraviy tibbiy xizmat va sogʻlomlashtirish maskanidan foydalanish imkoniyati mavjud.

 

Qoʻshimcha afzalliklar:

· zamonaviy fikrlaydigan va ahil jamoa;

· davlat xizmatlarida yuqori lavozimlarga koʻtarilish imkoniyati.

Murojaat muddati:

Nomzodlar 2021-yilning 4-dekabr kuniga qadar hujjatlarini yuborishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzod Adliya vazirligining www.vacancy.adliya.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtib, shaxsiy kabineti orqali quyidagilarni tizimga biriktirishi lozim:

·           shaxsiy varaqasi (Nizomning 29-ilovasiga muvofiq maʼlumotnoma-obyektivka) (rasm oʻrnatilgan holda, elektron shaklda WORD formatda);

·           oliy yuridik maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom (yoki diplom koʻchirmasi), chet elda oʻqigan boʻlsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan oʻtganligini tasdiqlovchi guvohnoma (ushbu hujjatlarni rangli koʻrinishdagi elektron PDF shakli);

·           3x4 sm oʻlchamdagi rangli fotosurati (Elektron JPG formatda elektron shaklda);

·           fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi (rangli koʻrinishda elektron PDF shaklda).

Murojaat uchun:

  • Namangan viloyat adliya boshqarmasi (Namangan shahri, Lutfiy koʻchasi, 7A-uy).

·         Maʼlumot uchun telefon raqami: 69-227-03-76

 

Tanlov jarayonlarini ushbu https://www.minjust.uz havola orqali onlayn tarzda kuzatish imkoniyati mavjud.

Ishga qabul qilish tartibi bilan quyidagi havolasi orqali tanishish mumkin

https://namangan.adliya.uz/uz/news/detail.php?ID=43874

Savollar ruyxati bilan quyidagi havolasi orqali tanishish mumkin;

https://namangan.adliya.uz/uz/news/detail.php?ID=42026

Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.


Рўйҳатга қайтиш