Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

“Orzu” mahallasida sayyor qabul: murojaatlar joyida tinglanib, muammolarga yeçim topilmoqda


Bugungi kunda vazirlik va idoralar rahbarlarining hududlarda aholi hamda tadbirkorlar bilan bevosita muloqot qilişi, sayyor qabullar taşkil etişi fuqarolar muammolarini joyida aniqlaş va ularning qonuniy yeçimini ta’minlaşda muhim natijalar bermoqda.

Xususan, Adliya vazirligi rahbariyati tomonidan ham hududlarda muntazam ravişda sayyor qabullar ötkazilib, aholining murojaatlari bevosita tinglanmoqda.

Navbatdagi sayyor qabul Adliya vazirining birinçi örinbosari M. Istamov iştirokida Namangan şahridagi “Orzu” mahallasida taşkil etildi.

Unda jami 23 nafar fuqaro iştirok etib, davlat xizmatlari, kadastr, ijtimoiy masalalar, uy-joy, soğliqni saqlaş, soliq intellektual mulk, tadbirkorlik hamda kommunal sohalarga oid murojaatlarini bildirdi.

Qabul davomida fuqarolarning muammolarini hal etişga alohida e’tibor qaratilib, 3 ta murojaat joyida hal etildi, 5 ta murojaat yuzasidan huquqiy tuşuntirişlar berildi, 15 ta murojaat esa iş yurituviga olindi.

Eng muhimi, har bir murojaatni e’tiborsiz qoldirmaslik, ularni qonuniy va adolatli hal etiş hamda fuqarolarning muammolariga amaliy yeçim topiş maqsadida mas’ul taşkilotlarga tegişli topşiriqlar berilib, ularning ijrosi alohida nazoratga olindi.

Bunday sayyor qabullar aholi bilan oçiq muloqotni mustahkamlaş, fuqarolarni qiynayotgan masalalarni joyida örganiş va davlat idoralarining xalq oldidagi mas’uliyatini oşirişga xizmat qilmoqda.


Namangan viloyati adliya boşqarmasi
Tarmoqlarimizda bizni kuzatib boring https://t.me/namanganadliya/47855