Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Nikoh şartnomasi: er-xotinning mulkiy huquq va majburiyatlarini belgilovçi muhim hujjat


Nikoh – nafaqat ikki insonning özaro mehr-muhabbati va işonçiga asoslangan ittifoqi, balki muayyan huquq va majburiyatlarni ham yuzaga keltiradigan huquqiy munosabatdir. Oilaviy munosabatlarda er-xotinning mulkiy huquqlarini himoya qiliş, mol-mulkdan foydalaniş va uni tasarruf etiş tartibini oldindan belgilab oliş muhim ahamiyatga ega. Bunda nikoh şartnomasi alohida örin tutadi.

Özbekiston Respublikasi Oila kodeksining 6-bobida er va xotin mol-mulkining şartnomaviy tartibi belgilangan. Unga köra, nikoh şartnomasi er va xotinning nikoh davomida hamda nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq va majburiyatlarini belgilab beruvçi kelişuv hisoblanadi.

Nikoh şartnomasining asosiy maqsadi – er-xotin örtasidagi mulkiy munosabatlarni özaro kelişuv asosida tartibga soliş, kelgusida yuzaga kelişi mumkin bölgan nizolarning oldini oliş hamda har ikki tomonning qonuniy manfaatlarini ta’minlaşdan iborat.

Şartnomani tuzişda taraflar özlariga tegişli mol-mulk, mavjud qarzlar, aktivlar, meros va boşqa moliyaviy resurslar haqida töliq hamda xolis ma’lumotga ega bölişlari muhimdir. Çunki şartnoma şartlari tomonlarning erkin xohiş-irodasi va özaro roziligiga asoslanişi lozim.

Nikoh şartnomasida er-xotinning barça mol-mulkiga yoki uning ayrim turlariga nisbatan birgalikdagi, uluşli yoxud alohida egalik qiliş tartibi belgilanişi mumkin.

Jumladan, taraflar quyidagi mulkiy rejimlardan birini tanlaş huquqiga ega:
birgalikdagi egalik – er-xotinning mol-mulkka nisbatan umumiy mulk huquqini saqlab qolişi;
uluşli egalik – umumiy mol-mulkdagi har bir tarafning uluşi va uning miqdorini belgilaş;
alohida egalik – mol-mulkning muayyan qismi yoki turi er yoxud xotinning şaxsiy mulki hisoblanişini nazarda tutiş.

Masalan, nikoh şartnomasida köçmas mulkka nisbatan erning, köçar mulkka nisbatan esa xotinning egalik huquqi belgilanişi mumkin. Şuningdek, taraflar mol-mulkning muayyan qismini özaro kelişilgan uluşlarda taqsimlaş tartibini ham nazarda tutişlari mumkin.

Özbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 354-moddasiga muvofiq, qonunçilikda boşqaça tartib nazarda tutilmagan bölsa, şartnoma şartlari taraflarning xohişiga köra belgilanadi. Şu jihatdan nikoh şartnomasi ham er-xotinga qonunda belgilangan umumiy mulk rejimini özaro kelişuv asosida özgartiriş imkonini beradi.

Biroq nikoh şartnomasi taraflardan birining huquq va manfaatlarini asossiz ravişda çeklamasligi, qonunçilik talablariga zid bölmasligi kerak. Xususan, u er-xotinning şaxsiy nomulkiy munosabatlarini, bolalarga nisbatan huquq va majburiyatlarini tartibga sola olmaydi. Şuningdek, taraflarning huquq layoqati va muomala layoqatini çeklovçi şartlarni ham öz içiga olişi mumkin emas.

Nikoh şartnomasini rasmiylaştiriş tartibi
Nikoh şartnomasi yozma şaklda tuziladi va notarial tartibda tasdiqlanadi. U nikoh davlat röyxatidan ötkazilgunga qadar ham, nikoh davrida ham tuzilişi mumkin. Nikoh qayd etilgunga qadar tuzilgan şartnoma nikoh davlat röyxatidan ötkazilgan kundan e’tiboran kuçga kiradi.

Amaldagi tartibga köra, nikoh şartnomasini notarial tasdiqlaş notarial idorada, videokonferensaloqa orqali yoki murojaat qiluvçilarning xohişiga köra sayyor tartibda amalga oşirilişi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, nikoh şartnomasi oilaviy munosabatlarda işonç va özaro hurmatga putur yetkazuvçi vosita emas, aksinça, er-xotinning mulkiy manfaatlarini huquqiy jihatdan kafolatlaşga xizmat qiluvçi muhim hujjatdir. Uni tuziş orqali taraflar kelajakdagi mulkiy munosabatlarni aniq belgilab, ehtimoliy nizolarning oldini olişlari mumkin.



Şahodatxon Möydinova,
Kosonsoy tumani FHDY bölimi 2-toifali inspektori


Tarmoqlarimizda bizni kuzatib boring: https://t.me/namanganadliya/47606