Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Davlat tibbiyot muassasalari xodimlarining farzandlariga kontrakt qiymatini qisman qoplab beriladi


Davlat tibbiyot muassasalari xodimlarining farzandlariga kontrakt qiymatini qisman qoplab beriladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi 310-son qaroriga asosan, davlat tibbiyot muassasalari xodimlarining oliy ta’lim tashkilotlarida  to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan farzandlari uchun kontrakt miqdorining bir qismini davlat subsidiyasi hisobidan qoplab berish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur imtiyoz davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga (shifokor va o‘rta tibbiyot xodimlari) taalluqlidir. Imtiyoz xodimning O‘zbekiston hududidagi oliygohlarda bakalavriat bosqichida (kunduzgi, sirtqi yoki kechki ta’lim shaklida) o‘qiyotgan farzandlariga nisbatan qo‘llaniladi.

Davlat tomonidan yillik to‘lov-kontrakt summasining 30 foizi qoplab beriladi. Bunda ajratiladigan subsidiyaning eng yuqori miqdori yiliga bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 15 baravaridan oshmasligi belgilangan. Tasdiqlangan mablag‘lar to‘g‘ridan-to‘g‘ri talaba tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasasining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.

Murojaat qilish va arizalarni ko‘rib chiqish tartibi to‘liq raqamlashtirilgan bo‘lib, Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali bepul amalga oshiriladi.

• Ariza beruvchi: Murojaatchi tibbiyot muassasasida ishlovchi ota yoki ona nomidan (ularning shaxsiy kabineti orqali yoki Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan xolda) yuborilishi shart. Talabaning nomidan yuborilgan arizalar tizim tomonidan avtomatik rad etiladi.

• Hujjatlarni tayyorlash: Arizani yuborishdan avval kontrakt.edu.uz platformasi orqali talabaning joriy o‘quv yili uchun faol kontrakt shartnomasi rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim.

• Skoring tekshiruvi: Arizani to‘ldirish jarayonida ota yoki onaning JShShIRi kiritilganda, tizim arizachining tibbiyot sohasidagi 15 yillik mehnat stajini idoralararo elektron axborot tizimi orqali inson omilisiz, avtomatik ravishda tekshiradi.

• Ko‘rib chiqish va tasdiqlash: Yuborilgan arizalar tegishli vazirlik va mas’ul idoralar tomonidan qonunchilikda belgilangan mezonlarga mosligi bo‘yicha ko‘rib chiqiladi. Idoralar tomonidan ariza ijobiy deb topilib, ruxsat berilgandan so‘ng, subsidiya mablag‘larini ajratish haqida yakuniy qaror qabul qilinadi. Xizmat natijasi bo‘yicha xabarnoma ariza beruvchining my.gov.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

Subsidiya to‘lov-kontrakt shartnomasining faqat bazaviy qismiga nisbatan hisoblanadi va tabaqalashtirilgan (super-kontrakt) to‘lov shakliga tatbiq etilmaydi. Shuningdek, talaba oliygohdan chetlashtirilganda yoki akademik ta’til olganda subsidiya ajratish to‘xtatiladi. Davlat xizmatlaridan my.gov.uz portali orqali elektron shaklda foydalanish foydalanuvchining vaqtini tejash bilan birga jarayonlarning shaffofligini ta’minlaydi.

 

Uchqo’rg’on tuman Adliya bo’limi
Davlat xizmatlari markazi
Xisoblash texnikasi opertori
Urunbayev Sardorbek Yoqubjon o’g’li