Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Namanganda 22 mingdan ortiq fuqaroning mulk huquqi e’tirof etildi


Namangan viloyatida fuqarolarning yer va köçmas mulkka bölgan huquqlarini qonuniy jihatdan e’tirof etiş, yillar davomida foydalanib kelinayotgan yer uçastkalari hamda ularda qurilgan bino-inşootlarning huquqiy maqomini belgilaş borasidagi işlar izçil davom ettirilmoqda.

Mazkur islohotlarning asosiy maqsadi — aholining mulkiy manfaatlarini himoya qiliş, köçmas mulk bilan boğliq muammolarga qonuniy yeçim topiş va fuqarolarning mulkdor sifatidagi huquqlarini mustahkamlaşdan iborat.

Xususan, özboşimçalik bilan egallangan yer uçastkalari va ularda qurilgan bino-inşootlarga bölgan huquqlarni qonunçilikda belgilangan tartibda e’tirof etiş orqali minglab fuqarolarning yillar davomida hal etilmay kelayotgan masalalariga yeçim topilmoqda.

  Bu borada Namangan viloyatida muhim natijalarga erişilmoqda.

  Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengaşining 27-sessiyasi qarori bilan yana 7 184 nafar fuqaroning yer va mulkka bölgan huquqi e’tirof etildi.

  Şu tariqa, viloyat böyiça mulk huquqi qonuniy e’tirof etilgan fuqarolar soni 22 227 nafarga yetdi.

Bu körsatkiçlar ortida minglab oilalarning mulkiy muammolariga yeçim topilgani, ularning qonuniy manfaatlari himoya qilingani va uzoq yillik orzulari röyobga çiqayotgani mujassam.

Mulk huquqining qonuniy e’tirof etilişi fuqarolarga öz uy-joyi va yer uçastkasidan qonuniy foydalaniş, uni sotiş, hadya qiliş, meros qilib qoldiriş hamda boşqa mulkiy bitimlarni amalga oşiriş imkonini beradi.

Eng muhimi, mulkning huquqiy maqomi belgilanişi fuqarolarning ertangi kunga işonçini oşiriş, köçmas mulk sohasida qonuniylikni ta’minlaş va hududlarda mulkiy munosabatlarni tartibga solişda muhim ahamiyat kasb etadi.

Namangan viloyati adliya boşqarmasi
Tarmoqlarimizda bizni kuzatib boring 
https://t.me/namanganadliya/47556