Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

23 yillik oila qonuniy nikoh maqomiga ega böldi


Çust tumanining Ariq böyi mahallasida istiqomat qiluvçi Xaydarovlar oilasining 23 yillik orzusi uşaldi.

Ma’lum bölişiça, mazkur oila 23 yildan buyon şar’iy nikoh asosida birgalikda hayot keçirib kelgan. Şu vaqt davomida ular ahil va inoq yaşab, ikki nafar farzandni voyaga yetkazişmoqda.

Biroq oilaviy munosabatlari yillar davomida faqat şar’iy nikoh asosida davom etib kelgani sababli, ularning nikohi qonunçilikda belgilangan tartibda davlat röyxatidan ötkazilmagan edi.

Çust tumani adliya bölimi hamda FHDY organi xodimlari tomonidan oilaga zarur huquqiy tuşuntiriş va amaliy kömak körsatildi. Natijada Xaydarovlar oilasining nikohi qonuniy tartibda davlat röyxatidan ötkazilib, ularga nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma tantanali ravişda topşirildi.

Endilikda uşbu oila nafaqat hayotda, balki qonun oldida ham rasman er-xotin maqomiga ega böldi.

Zero, nikohni qonuniy rasmiylaştiriş — bu şunçaki hujjat oliş emas, balki er-xotinning özaro huquq va majburiyatlarini belgilaş, farzandlarning huquqiy manfaatlarini himoya qiliş hamda oilaning huquqiy kafolatlarini mustahkamlaş demakdir.

Adliya organlari inson qadri, oila mustahkamligi va fuqarolarning qonuniy huquqlarini ta’minlaş yölida xizmat qilişda davom etadi!


Namangan viloyati adliya boşqarmasi
https://t.me/namanganadliya/47564