Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Mualliflik huquqini himoya qiliş oyligi doirasida davra suhbati taşkil etildi


Namangan viloyatida “Mualliflik huquqini himoya qiliş oyi” doirasida ijodkorlarning huquqiy savodxonligini oşiriş va intellektual mulkni muhofaza qilişga qaratilgan tarğibot tadbirlari davom etmoqda.

Navbatdagi davra suhbati viloyat hududida faoliyat yuritayotgan teatrlar va kinoteatrlar xodimlari, san’atkorlar, yozuvçilar, şoirlar, mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boşqaruvçi taşkilotlar vakillari hamda patent vakillari iştirokida ötkazildi.

Tadbir davomida mualliflik huquqini muhofaza qiliş mexanizmlari, mualliflarning şaxsiy nomulkiy va mulkiy huquqlari, ularni huquqiy himoya qiliş tartibi hamda qonunçilikda belgilangan javobgarlik çoralari yuzasidan batafsil tuşuntirişlar berildi.

Şuningdek, iştirokçilarga mualliflik huquqlarini rasmiylaştiriş, ijodiy asarlardan qonuniy foydalaniş va mualliflik şartnomalarini tuziş bilan boğliq masalalar yuzasidan tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida iştirokçilarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, ularga mavzuga oid flayerlar hamda mualliflik şartnomasi namunalari tarqatildi.

Bunday tarğibot tadbirlari ijodkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, ularning intellektual mehnati natijalariga hurmat bilan munosabatda böliş madaniyatini şakllantiriş hamda jamiyatda mualliflik huquqiga oid huquqiy bilimlarni kengaytirişga xizmat qiladi

.




Namangan viloyati adliya boşqarmasi