Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Yoshlar bilan ochiq muloqot


Yoshlarning muammo va takliflarini o‘rganish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda huquqiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Yangiqo‘rg‘on tumanida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Yoshlar kuni doirasida tumandagi 3-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan uchrashuvda Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i D. Ahmedov, Yangiqo‘rg‘on tumani hokimi hamda tumandagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirok etdi.

Uchrashuv avvalida mas’ullar maktabdagi ta’lim jarayoni bilan yaqindan tanishib, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim sifati va yoshlarning bilim olishi uchun mavjud imkoniyatlarni ko‘zdan kechirdilar.

Shundan so‘ng, yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etildi. Unda ishtirokchilarning murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, yoshlar tomonidan imtiyozli kredit olish, bandlikni ta’minlash, ishga joylashish hamda intellektual salohiyatni rivojlantirish yo‘nalishlarida murojaatlar bildirildi.
Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini boshlash, o‘z biznes loyihalarini amalga oshirish, munosib ish o‘rinlariga ega bo‘lish hamda bilim va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq masalalari atroflicha tinglandi.

Mas’ullar tomonidan bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, ularni hal etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

Yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va intellektual imkoniyatlarini kengaytirish borasida hamkorlikda ishlash muhimligi ta’kidlandi.

Muloqot davomida yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, huquqiy savodxonligini oshirish, ta’lim olishi va kasb-hunar egallashi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, ularni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish muhim vazifalardan biri ekanligi qayd etildi.

Ayniqsa, yoshlarning o‘z fikrini erkin ifoda etishi, jamiyat hayotida faol ishtirok etishi, tashabbus va g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishi uchun bunday uchrashuvlarning ahamiyati katta. Zero, yoshlar bilan bevosita muloqot qilish ularning ehtiyojlarini chuqurroq anglash, muammolariga yechim topish va kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlash imkonini beradi.

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi yoshlar murojaatlarini tinglash, ularning huquqiy manfaatlarini ta’minlash hamda davlat tashkilotlari va yoshlar o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qildi.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi tomonidan yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi
https://t.me/namanganadliya/47207