Янгиликлар
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlari tinglandi
Namangan viloyati adliya boshqarmasi tomonidan fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini joyida o‘rganish hamda huquqiy muammolariga yechim topish
maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.
Navbatdagi sayyor qabul Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A. Jo‘rayev tomonidan Chortoq tumanidagi “Namangan” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazildi.
Qabul davomida 20 nafar fuqaroning murojaatlari tinglandi. Ulardan 15 nafariga murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Qolgan 5 ta murojaat esa atroflicha o‘rganish va qonuniy yechim topish maqsadida Chortoq tuman adliya bo‘limi ish yurituviga olindi.
Bunday sayyor qabullar fuqarolarning huquqiy muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularning murojaatlarini samarali hal etish hamda aholining huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qiladi.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi