Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Maktab pedagoglari uchun huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi


Namangan shahar adliya bo‘limi tomonidan Namangan shahridagi 20-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi rahbar va pedagog xodimlari ishtirokida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarorining mazmun-mohiyati, ushbu hujjatlarning amaliy ahamiyati va ijrosini ta’minlash borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.

Samimiy suhbat tarzida o‘tkazilgan muloqotda mualliflik huquqini himoya qilish, o‘zganing ijodiy mahsulidan qonuniy foydalanish, intellektual mulk obyektlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ta’lim muassasalarida xavfsiz muhitni shakllantirish hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi vazifalar muhokama qilindi.

Tadbir ishtirokchilariga huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan, namunaviy vaziyatlarni aks ettiruvchi qo‘llanmalar tarqatildi. Bu esa pedagog xodimlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash va kundalik faoliyatda qonun talablariga rioya etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Muloqot davomida mehnat munosabatlariga oid masalalar ham ko‘rib chiqildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tegishli huquqiy tushuntirishlar, amaliy tavsiyalar va maslahatlar oldilar.

Bunday targ‘ibot tadbirlari aholining, xususan, ta’lim sohasi vakillarining huquqiy savodxonligini oshirish, qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qiladi.



Namangan viloyati adliya boshqarmasi