Янгиликлар
Davlat xizmatlarini qanday qilib yanada inklyuziv qilamiz?
Davlat xizmatlarini taqdim etishda eng muhimi fuqaroning muammosi tinglanishi, unga tushunarli javob berilishi va zarur yordam koʻrsatilishidir.
Namangan, Andijon, Farg‘ona, Sirdaryo, Jizzax va Toshkent viloyatlarining 6 ta pilot tumanidan kelgan 18 nafar ishtirokchi uchun Namangan shahrida "Inklyuziv va genderga sezgir davlat xizmatlarini sifatli ko‘rsatishda Xotin-qizlar maslahat guruhlarining rolini oshirish" mavzusida treninglar tashkil etilmoqda.
Treninglar Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi va Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida bo‘lib o‘tmoqda.