Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Chortoq tuman adliya bo‘limiga 2026-yilning o‘tgan to‘qqiz oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlili


Chortoq tuman adliya bo‘limiga 2026-yilning o‘tgan to‘qqiz oyi davomida
jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlili

 

Chortoq tuman adliya bo‘limi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan tartibda, oʻz vaqtida, har tomonlama va sifatli koʻrib chiqilishi taʼminlab borilmoqda.

Bu borada ishlarga e’tibor bersak, bo‘lim tomonidan 2026-yilning 9 oyi davomida jami 160 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari (35 ta ariza va 125 ta shikoyat) hamda 11 ta taklif ko‘rib chiqish uchun qabul qilingan. Murojaatlarning asosiy qismi inson huquqlarini himoya qilish hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohalariga to‘g‘ri keladi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasida qonun buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan taʼsir choralari qo‘llanilib, fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklangan.

Quyida 2-shakl va 2-A-shakl hisobotlari asosida tayyorlangan batafsil tahlil keltirilgan:

1. Arizalar ko‘rib chiqilishi tahlili

Hisobot davrida kelib tushgan 35 ta arizadan 31 tasi muddati ichida to‘liq hal etilgan:

·                     Qanoatlantirilgan arizalar: 25 ta (hal etilganlarning 80,6 % ini tashkil etadi).

·                     Huquqiy tushuntirish berilgan: 6 ta.

·                     Ko‘rmasdan qoldirilgan: 1 ta.

·                     Davr oxiriga qoldiq: 3 ta ariza ko‘rib chiqish jarayonida qolgan.

·                     Muddati buzilgan arizalar: 0 ta (arizalarni ko‘rib chiqish muddatlari buzilishiga yo‘l qo‘yilmagan).

Arizalarning sohalar bo‘yicha taqsimoti:

·                     Inson huquqlarini himoya qilishga oid – 22 ta.

·                     Davlat xizmatlarini ko‘rsatishga oid – 7 ta.

·                     Boshqa sohalar bo‘yicha – 5 ta.

·                     Yuridik xizmatlar faoliyatiga oid – 1 ta.

2. Shikoyatlar ko‘rib chiqilishi va huquqiy taʼsir choralari

Hisobot davrida jami 125 ta shikoyat ro‘yxatga olingan bo‘lib, ulardan 13 tasi yuqori turuvchi Adliya boshqarmasidan yuborilgan, 1 tasi esa takroriy murojaatdir. Shikoyatlarning 121 tasi to‘liq hal qilingan:

·                     Qanoatlantirilgan shikoyatlar: 97 ta (hal etilganlarning 80,1 % ini tashkil etadi).

·                     Huquqiy tushuntirish berilgan: 24 ta.

·                     Joyiga chiqib o‘rganilgan: 42 ta shikoyat bevosita joyida o‘rganilgan.

·                     Boshqa tashkilotlarga yuborilgan: 2 ta (taalluqliligi bo‘yicha).

·                     Ko‘rmasdan qoldirilgan: 1 ta.

·                     Davr oxiriga qoldiq: 1 ta shikoyat qolgan, muddat buzilishi holatlari qayd etilmagan.

Shikoyatlarning sohalar bo‘yicha taqsimoti:

·                     Inson huquqlarini himoya qilishga oid – 91 ta.

·                     Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida – 25 ta.

·                     Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotiga oid – 5 ta.

·                     Boshqa masalalar yuzasidan – 4 ta.

3. Qo‘llanilgan huquqiy taʼsir choralari va ularning natijalari

Fuqarolarning qanoatlantirilgan shikoyatlari yuzasidan bo‘lim tomonidan keskin huquqiy taʼsir choralari ko‘rilgan:

·                     Taqdimnomalar: Qonun buzilishlarini bartaraf etish bo‘yicha 38 ta taqdimnoma kiritilgan.

·                     Sudlarga daʼvo arizalari: Fuqarolar manfaatini ko‘zlab sudlarga 13 ta daʼvo ariza kiritilgan bo‘lib, daʼvolarning umumiy summasi 864 178 831 so‘mni tashkil etgan.

·                     Maʼmuriy javobgarlikka tortish: Vakolatli organlarga 8 ta taklif kiritilgan va bo‘lim tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri 6 ta maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

·                     Natijadorlik: Ko‘rilgan choralar natijasida 38 nafar mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka, 13 nafari esa maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.

·                     Natijada 204 nafar jismoniy shaxslarning, 45 ta ta tadbirkorlik subyektlarining huquqlari tiklangan.

·                     Undirilgan mablag‘lar: Murojaatlar ijrosi natijasida fuqarolar va davlat foydasiga jami 919 940 831 so‘m mablag‘ undirib berilgan.