Янгиликлар
15
Tibbiyot xodimlari uchun yangi imkoniyat
Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun muhim yangilik!
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari jamiyat salomatligini ta’minlashda alohida o‘rin tutadi. Ularning ko‘p yillik fidokorona mehnatini qo‘llab-quvvatlash va oilalariga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida yangi imkoniyatlar yaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi 310-son qarori bilan davlat tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari belgilangan.
Unga ko‘ra, davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga respublika hududidagi oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yillik to‘lov-kontrakt summasining 30 foizi miqdorida, biroq BHMning 15 baravaridan oshmagan qismi subsidiya sifatida qoplab beriladi.
Subsidiya olish uchun:
* ariza beruvchi istalgan tuman yoki shahar Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilishi;
* yoki my.gov.uz orqali elektron shaklda ariza topshirishi mumkin.
Arizalar yil davomida uzluksiz qabul qilinadi. Har bir kalendar oy yakunida, oyning oxirgi ish kuni soat 23:59 da to‘lovga chiqarish uchun reyestr avtomatik shakllantiriladi. Shundan keyin kelib tushgan arizalar keyingi oy reyestriga kiritiladi.
Mazkur imkoniyat uzoq yillar davomida tibbiyot va farmatsevtika sohasida mehnat qilayotgan xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning farzandlariga sifatli oliy ta’lim olishlari uchun qo‘shimcha sharoit yaratishga xizmat qiladi.
Abbosbek To‘ychiyev,
Chust tumani Davlat xizmatlari
markazi bosh mutaxassisi
Tarmoqlarimizda bizni kuzatib boring https://t.me/namanganadliya/46858