Янгиликлар
To‘raqo‘rg‘onda Prezident Administratsiyasi faoliyatiga oid yangi qonun tushuntirildi.
To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligi majlislar zalida davlat organlari va tashkilotlar vakillari ishtirokida yangi qonunchilik hujjatining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 14-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni yuzasidan ishtirokchilarga batafsil ma’lumotlar berildi.
Muloqot davomida mazkur qonun bilan Prezident Administratsiyasining faoliyati, uning davlat boshqaruvi tizimidagi vazifalari va vakolatlari huquqiy jihatdan belgilab berilgani haqida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, Prezident Administratsiyasi Rahbari va tarkibiy bo‘linmalarining vakolatlari, ularning faoliyatini tashkil etish, davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qilish hamda belgilangan vazifalarni amalga oshirishdagi o‘rni haqida fikr almashildi.
Tadbir ochiq muloqot shaklida o‘tkazilib, ishtirokchilar yangi qonun bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan huquqiy javob va tushuntirishlar oldilar.
Shuningdek, uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslar mazmun-mohiyatini davlat organlari va tashkilotlari xodimlari o‘rtasida keng targ‘ib qilish masalalariga ham e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida qonunchilikdagi yangiliklarni muntazam o‘rganish, ularni amaliy faoliyatda to‘g‘ri qo‘llash va aholiga huquqiy tushuntirish ishlarini izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi
Tarmoqlarimizda bizni kuzatib boring: https://t.me/namanganadliya/46864