Янгиликлар
70 yosh — hayot va mehnat yo‘lining qutlug‘ ayyomi
Namangan viloyati adliya boshqarmasida ko‘p yillar davomida samarali mehnat qilib, adliya tizimi rivojiga munosib hissa qo‘shgan, tajribali huquqshunos Ergashev Jamoliddin Salaxitdinovichning 70 yoshli yubileyi munosabati
bilan samimiy tabriklash marosimi o‘tkazildi.
Unda, Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan boshqarma boshlig‘ining yubiley munosabati bilan yo‘llagan samimiy tabrigi o‘qib eshittirildi.
Unda Jamoliddin Salaxitdinovichning ko‘p yillik mehnat faoliyati, huquq sohasidagi boy tajribasi, adliya tizimidagi samarali faoliyati hamda soha rivojiga qo‘shgan munosib hissasi alohida e’tirof etildi.
Jamoliddin Salaxitdinovich mehnat faoliyati davomida sud, prokuratura va adliya tizimida mas’uliyatli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Jumladan, 2005–2009-yillarda Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida samarali mehnat qilgan.
Shuningdek, turli yillarda Namangan shahar sudi sudyasi, Mingbuloq tumani sudi raisi, Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari kabi mas’uliyatli lavozimlarda faoliyat olib borgan. Ayni paytda Namangan tumani hokimligining bosh yuriskonsulti sifatida mehnat faoliyatini davom ettirmoqda.
Ergashev Jamoliddin Salaxitdinovichga Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining esdalik sovg‘asi tantanali ravishda topshirildi.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi jamoasi Ergashev Jamoliddin Salaxitdinovichni 70 yoshli qutlug‘ yubileyi bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy xotirjamlik, fayz-u baraka va farovon hayot tilaydi.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi