Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Adliya aralashgach, ikki xodimning mehnat huquqi tiklandi


Namangan viloyati adliya boshqarmasiga fuqarolar Sh.A va A.H murojaat qilib, Namangan viloyati “Toza hudud” davlat muassasasida faoliyat yuritgan davrida to‘lanmay qolgan ish haqlarini undirishda amaliy yordam so‘ragan.

Murojaatni o‘rganish davomida fuqarolarning mehnat huquqlari buzilgani, xususan, 2026-yil 5-yanvardan boshlab ish haqi to‘lovlari asossiz ravishda to‘xtatilgani aniqlangan.

O‘rganish natijasida 26-yanvar holatiga Sh.A ga 57 870 310 so‘m, A.Hga esa tegishli ish haqi bo‘yicha qarzdorlik mavjudligi ma’lum bo‘lgan.
Shundan so‘ng, fuqarolarning buzilgan mehnat huquqlarini tiklash maqsadida Namangan viloyati adliya boshqarmasi tomonidan ularning manfaatlarini ko‘zlab sudga da’vo arizasi kiritildi.

Sud ishni ko‘rib chiqib, ish beruvchi tomonidan xodimlarga ish haqi o‘z vaqtida to‘lanmaganini inobatga olib, da’vo talablarini qisman qanoatlantirdi.
Sud qaroriga ko‘ra: Sh.A foydasiga 81 144 736,5 so‘m, A.H foydasiga esa, 10 470 067,4 so‘m.

Shu tariqa, ikki fuqaro foydasiga jami 91 614 803,9 so‘m mablag‘ undirilishi belgilandi.

Mazkur holat ish beruvchi tomonidan xodimlarning mehnat huquqlariga rioya etilishi, xususan, ish haqining o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishi muhim ekanini yana bir bor ko‘rsatadi.









Namangan viloyati adliya boshqarmasi