Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Mingbuloqda aholi bilan ochiq muloqot


Mingbuloq tumanining “O‘zgarish” MFY hududida fuqarolarning huquqiy masalalarini o‘rganish va ularga joyida ko‘mak ko‘rsatish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.

Unda fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalar, huquq va manfaatlariga daxldor muammolar yuzasidan murojaat qilish imkoniga ega bo‘ldilar.

Murojaatlar yuzasidan nima qilindi?
Qabul davomida har bir murojaat alohida ko‘rib chiqilib, fuqarolarga tegishli tartib-taomillar tushuntirildi. Zarur hollarda masalalarni hal etish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi.

Aholiga, xususan, PQ–1-son qarori hamda o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari va ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etishga oid qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Qabul natijalari:
▪️ 15 nafar fuqaro huquqiy maslahat va amaliy yordam oldi;
▪️ 5 nafar fuqaroga davlat xizmatlari ko‘rsatildi;
▪️ 2 ta murojaat keyingi huquqiy choralarni ko‘rish uchun ish yurituvga qabul qilindi.

Fuqarolar bilan bunday bevosita muloqotlar orqali muammolarni joyida aniqlash, aholiga huquqiy yordam ko‘rsatish va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.



Namangan viloyati adliya boshqarmasi