Янгиликлар
04
Endi farzandga otasining ismi familiya bo‘lishi mumkin
Farzand dunyoga kelishi bilan bog‘liq eng quvonchli jarayonlardan biri — unga ism qo‘yish va hujjatlarini rasmiylashtirishdir.
Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma bolaning tug‘ilganligini, uning ota-onasi kim ekanligini tasdiqlovchi muhim hujjatdir.
Shu ma’noda, 2026-yil 13-avgustdagi O‘RQ-1164-son Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 69-moddasiga kiritilgan o‘zgartirish alohida e’tiborga loyiq.
Yangi tartibga ko‘ra, bolaga otasining ismi bo‘yicha familiya berish mumkin.
Ya’ni endilikda ota-onalar farzandining familiyasini shakllantirishda otasining ismidan foydalanish imkoniyatiga ega.
???????? Mazkur o‘zgartirish o‘zbek xalqining nasl-nasabni, ota-bobolar nomini ulug‘lash va avlodlar davomiyligini saqlash bilan bog‘liq milliy an’analarini zamonaviy huquqiy munosabatlar bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi.
Eng muhimi, yangi norma fuqarolarning farzandiga familiya tanlash borasidagi huquqiy imkoniyatlarini kengaytiradi.
Zero, farzandning ismi — uning buguni, familiyasi esa avlodlar davomiyligini aks ettiruvchi huquqiy va ma’naviy belgidir.
Maftuna Qodiraliyeva, Pop tuman adliya bo‘limi 1-sonli FHDY bo‘limi 1-toifali inspektori
Tarmoqlarimizda bizni kuzatib boring