Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Chust tuman adliya bo'limi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi qarori bilan taqsdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi to‘g‘risida” Nizomiga muvofiq Chust tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yil I-yarim yilligi davomida quyidagi ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yil I-yarim yilligi davomida O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Nizomiga muvofiq Chust tuman hokimining hamda xalq deputatlari Chust tuman Kengashining jami 6 ta normativ tusga ega bo‘lgan qarorlariga ijobiy huquqiy xulosalar berilib, bo‘lim xodimlari tomonidan o‘tgan davr mobaynida qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan 5 marotaba takliflar ishlab chiqilgan.

Shuningdek, o‘tgan davr mobaynida bo‘lim ish yurituviga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 170 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 156 ta murojaatlar qonuniy hal etilgan bo‘lsa, murojaatlarning 119 tasi, yaʼni 70 foizi ijobiy hal etilib qanoatlantirilishiga erishilgan, bo‘lsa o‘tkazilgan sayyor qabullar davomida 26 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilinib, murojaatlar belgilangan muddatlar ijobiy hal qilingan.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish davomida aniqlangan qonunbuzilishlari holatlari yuzasidan sudlarga jami 26 ta daʼvo arizalar kiritilib, natijada tadbirkorlik subyektlari hamda fuqarolarga jami 737 mln 367 ming soʻmlik pul mablag‘lar undirib berilishiga erishildi.

Jumladan, bo‘lim tomonidan hisobot davrida jami 19 ta taqdimnomalar kiritilib, ushbu taqdimnomalar natijasida 12 nafar shaxs maʻmuriy javobgarlikka javobgarlikka tortildi va tashkilotlarning 16 ta turli xil yuridik tusga ega bo‘lgan hujjatlari bekor qilinishiga erishildi.

Shuningdek, bo‘lim tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish jarayonida aniqlangan qonun buzilish holatlari yuzasidan mansabdor shaxslarga nisbatan 12 ta maʼmuriy huquqbuzarlik yuzasidan takliflar kiritildi

Shuningdek, tumandagi davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikda joylarda manzilli targ‘ibot tadbirlari tashkil etilib, 1000 nafardan ortiq tinglovchi jalb etilgan holda 50 dan ortiq huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilgan hamda o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari davomida 40 turdagi ko‘rgazmali targ‘ibotlar amalga oshirilib, fuqarolarga 1000 dan ortiq flaer va bukletlar tarqatildi.


 

Chust tuman adliya bo‘limi boshlig‘i 1-darajali yurist
Abdunazarov Sarvarjon