Янгиликлар
Mingbuloq tuman adliya bo‘limi
Mingbuloq tuman adliya bo‘limiga 2026 yil 6 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinganda quyidagilar aniqlandi.
I. Bo‘limga kelib tushgan murojaatlarni (yozma, ishonch telefoni, sayyor qabul va virtual) ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha:
Jumladan, tuman adliya bo‘limiga 2026 yil 6 oyi davomida jami 128 ta (shundan 58 tasi Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotiga oid, 70 tasi inson huquqlarini himoya qilishga oid sohalarda) murojaatlar kelib tushdi
1. Kelib tushgan murojaatlarning sohalar kesimida tahlili.
Kelib tushgan murojaatlarning 122 tasi hal etilib, shundan 101 ta murojaat, ya’ni ularning 0,78 foizi qanoatlantirildi.
Xususan, Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotiga oid murojaatlarning 87 foiz (72 ta) hamda inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi murojaatlarning 63 foizi (29 ta) vajlar o‘z tasdig‘ini topganligi sababli qanoatlantirildi.
Bundan tashqari, 21 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi, 2 ta murojaat tegishligiga ko‘ra boshqa idora va tashkilotlarga yuborildi. Shuningdek, bo‘lim tomonidan 6 ta murojaat hisobot davriga qoldiq bo‘lib o‘tdi.
Kelib tushgan murojaatlarni 5 tasini ko‘rib chiqishda mutaxassislar jalb qilindi, 11 tasi bevosita murojaat etgan fuqaro ishtirokida ko‘rib chiqildi, shuningdek 14 tasi joyiga chiqib o‘rganildi.
II. Bo‘lim xodilari tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabullarda kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha:
Bo‘lim xodimlari tomonidan tasdiqlangan jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvallariga asosan hisobot davrida Qirqchek, Chordana, Birlashgan, Serharakat, Yoshlik, Tolliq, Paxtakor, Bozorboshi, O‘rtaqishloq, Qayrog’ochovul MFYlarda sayyor qabullar tashkil etilib, jismoniy va yuridik shaxslardan jami 36 ta (ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotiga oid 11 ta, inson huquqlarini himoya qilish sohasiga oid 25 ta, boshqa sohalar bo‘yicha 0 ta) murojaatlar kelib tushdi.
Ushbu murojaatlar bo‘lim xodimlari tomonidan o‘rganib chiqilib, 21 ta (84,7 foiz) murojaatlar qanoatlantirilishiga erishildi.
IV. Adliya boshqarmasi tomonidan bo‘limga taalluqliligi bo‘yicha yuborilgan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha:
Bo‘limga 2026 yil 6 oyligi davomida Adliya boshqarmasi orqali jami 12 ta (Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotiga oid 6 ta (50 foiz), inson huquqlarini himoya qilish sohasiga oid 6 ta (50 foiz), boshqa sohalarga oid 0 ta (0 foiz), notarial va advokaturaga oid 0 ta (0 foiz) murojaatlar kelib tushdi.
Kelib tushgan murojaatlarning 9 tasi (78 foiz) qanoatlantirildi.
Kelib tushgan murojaatlar xususiyati bo‘yicha tahlil qilindi.
1. Inson huquqlarini himoya qilish sohasida.
Inson huquqlarini himoya qilish sohasida jami 46 ta murojaat kelib tushdi. Murojaatlarning 41 tasi (89%) hal etilgan, 29 tasi (70%) qanoatlantirilib, 12 tasiga (29%) huquqiy tushuntirish berilgan.
Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha 22 ta taqdimnoma, 32 ta da’vo ariza va 2 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar kiritildi.
Mazkur ta’sir choralarining natijalari yuzasidan 165 mln 444 ming so‘m pul mablag‘lari undirildi.
Mazkur sohadagi tahlil, murojaatlarni quyidagi sohalarda ularning ko‘pligini ko‘rsatadi:
- mehnat nizolari yuzasidan 8 ta;
- uy-joyga doir qonunlar yuzasidan 2 ta;
- yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan 16 ta;
- ijtimoiy himoyaga doir qonun hujjatlari yuzasidan 2 ta;
- boshqa masalalar yuzasidan 18 ta.
Yuqoridagilarni inobatga olib, kelgusida mazkur sohadagi murojaatlarni sonini yanada kamaytirish maqsadida:
- kelgusida shikoyatlar ko‘paygan sohalarda hududiy kelib chiqishini inobatga olgan holda manzilliy huquqiy targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish;
- ommaviy axborot vositalarida munozarali masalalar bo‘yicha huquqiy jihatdan tushuntirishga qaratilgan mavzularni ko‘paytirish;
- jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatuvchi telefon kompaniyalari orqali tizimli ravishda muammo bo‘lib turgan masalalarni tushuntirishga qaratilgan SMS tarzidagi sitata ko‘rinishida qisqacha maqolalarni jo‘natish choralarini ko‘rib chiqish;
- davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida jismoniy va yuridik shaxslarga tezkor xizmat ko‘rsatish maqsadida “Onlayn maslahat” xizmatini ishga tushirish choralarini ko‘rish.
2. Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish sohasida.
Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish sohasida jami 2 ta murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 2 tasi (100%) hal etilgan bo‘lib,2 tasi (100%) qanoatlantirildi.
Murojaatlarning xususiyati bo‘yicha:
- FHDYga oid qonun hujjatlari yuzasidan 2 ta.
Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish sohasida jami 2 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, shundan 2 tasi FHDY organlari sohasida hisoblanadi.
Notariat sohasida murojaatlarning bittasi uy-joy
oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish, shuningdek taqiqni yechish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish bilan bog‘liq murojaatlar tashkil etadi.
FHDY sohasidagi murojaat nikohdan o‘tish haqidagi arizani qabul qilmaslik. Bunda asosiy sabab fuqarolik pasportini asl nusxasini taqdim qilmaslik.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish sohasida shikoyatlarni kamaytirish maqsadida:
- OAVda “Notarius maslahati” dasturini yo‘lga qo‘yish, bunda sohaga oid dolzarb masalalar bo‘yicha chiqishlar tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘ladi;
- FHDY organlari hamda DHI xodimlari o‘rtasida profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish;
- xodimlar tomonidan kasb etikasi qoidalariga qat’iy rioya qilishini, notarial idoralarda to‘lov terminal jihozini ishlab turishini doimiy ta’minlash maqsadida Adliya vazirligi hamda Markaziy bank bilan hamkorlikda reydlar tashkil etish choralarini ko‘rish;
Yuqoridagilardan kelib chiqib, mavjud muammolarni bartaraf etish orqali jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini buzilishini oldini olish maqsadida hamda murojaatlarni ko‘rib chiqishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan quyidagi takliflar bildiriladi:
1. Murojaatlarni har tomonlama va obyektiv ko‘rib chiqilishiga alohida e’tibor qaratish, murojaatlarni ko‘rib chiqish va mualliflarga asoslantirilgan javoblar berilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatish;
2. Murojaatlarni ko‘rib chiqishda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya qilib borish;
3. Kelib tushgan murojaatlarning to‘liq va sifatli hal etilishini ta’minlash maqsadida ularni joyiga chiqib o‘rganish amaliyotini ko‘chaytirish;
4. Boshqarma bo‘limlari va sohalar bo‘yicha ma’sullar har chorakda shikoyatlar ko‘paygan sohalarni o‘rganib, sabablarini tahlil qilib, muammolarni bartaraf etish yuzasidan rahbariyatga va yuqori turuvchi idoralarga tegishli takliflar kiritish;
5. Murojaatlar ko‘p tushayotgan hududlarda sayyor qabullarni o‘tkazish jarayonida masalani joyida hal qilish choralarini ko‘rish, bunda tegishli mutasaddi tashkilotlar hamkorligini yo‘lga qo‘yish;
6. Har chorak yakunlari bo‘yicha shikoyatlar ko‘payish sabablarini umumlashtirish va yig‘ilishlarda muhokama qilish, qolaversa Xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) kengashlarida muhokama qilish choralarini ko‘rish;
7. Boshqarma va uning tarkibiy bo‘linmalari xodimlari tomonidan qonun hujjatlarini targ‘ibot qilish jarayonida shikoyatlar ko‘paygan sohadagi qonun hujjatlari normalarini targ‘ib qilishga alohida etibor berish, bunda ommaviy axborot vositalari orqali muammoli masalalar bo‘yicha chiqishlar va maqolalarni chop etish choralarini ko‘rish bilan targ‘ibotni kuchaytirish;
8. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan takliflarga amal qilgan holda bo‘limlarda ish tashkil etilsa, bo‘limning faoliyati davomida ko‘zlangan maqsadlarga albatta erishiladi.