Янгиликлар
Uchqo’rg’on tuman adliya bo‘limi
Uchqo’rg’on tuman adliya bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 35-moddasi talablari asosida 2026-yilning 1-yarim yillgi
davomida murojaatlarni ko‘rib chiqilishi ahvoli yuzasidan umumlashtirish o‘tkazildi.
Umumlashtirish jarayonida quyidagilar ma’lum bo‘ldi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yilning 1-yarim yilligi davomida jami 102 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan, 79 tasi shikoyatlarni, 23 tasi esa arizalarni tashkil etgan bo‘lsa, takliflar kelib tushmagan.
Kelib tushgan murojaatlarning 97 tasi bevosita Uchqo’rg’on tuman adliya bo‘limida hal etilgan, 3 tasi ko’rmasdan qoldirilgan, 2 tasi ko’rib chiqish uchun taaluqliligi bo’yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan.
Bevosita tuman adliya bo‘limida hal etilgan (97 tadan) murojaatlarning
74 tasi yoki 76,2 foizi qanoatlantirilgan.
Jumladan, Uchqo’rg’on tuman adliya bo‘limi tomonidan Uchqo’rg’on tuman, Mustaqillik MFY, U.Jo’rayev ko‘chasi, 44-uyda yashovchi fuqaro Kazakbayev Zakirjan XXXning Ikki nafar farzandi vafot etganligini, biroq, ularga o‘z vaqtida o‘lim haqida guvohnoma rasmiylashtirilmaganligini, shunga ko’ra farzandlarini vafot etganlik faktini sud orqali belgilashda amaliy yordam berishni so’rab qilgan murojaati ko‘rib chiqildi.
Fuqaro o‘z murojaatida 13.10.1977-yilda tug‘ilgan farzandi Kazakbayeva Lobarxon Zokirjanovna 02.09.1978-yilda hamda 04.07.1984-yilda tug‘ilgan farzandi Kazakbayev Zuxriddin Zokirjanovich 30.04.1985-yilda vafot etgan bo‘lsalarda, e’tiborsizlik tufayli o‘lim holatini tegishli tartibda guvohnoma asosida rasmiylashtirilmaganligi sababli farzandlarini o‘lganlik faktini sud orqali belgilashda amaliy yordam berishni so‘radi.
Murojaat yuzasidan fuqaro Kazakbayev Zakirjon XXX bilan o‘tkazilgan suhbatda, u o‘z arizasidagi holatlarni tasdiqlab, farzandi Kazakbayeva Lobarxon Zokirjanovna haqiqatdan ham 1978-yilning 2-sentabr hamda farzandi Kazakbayev Zuxriddin Zokirjanovich 1985-yilning 30-aprel sanasida vafot etganliklarini, hamma tegishli dafn marosimlarni o‘tkazib Uchqo‘rg‘on tumani, Chek MFYdagi “Birodarlik‘” qabristoniga dafn qilinganligi, buni ta‘ziyada qatnashgan va mahalla axli tasdiqlashi mumkinligini ko‘rsatilgan.
Ushbu holat Uchqo‘rg‘on tuman Obodonlashtirish boshqarmasining
2026-yil 8-iyundagi 190 va 191-sonli ma‘lumotnomalari bilan o‘z tasdig‘ini topgan.
Bundan tashqari Namangan viloyati adliya boshqarmasi FHDY arxivining 06.03.2026-yildagi 288116689 hamda 288113464-sonli ma‘lumotnomalari tekshirilganda farzandlari Kazakbayeva Lobarxon Zokirjanovna hamda Kazakbayev Zuxriddin Zokirjanovichlar nomiga o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvi Namangan viloyati FHDY arxivida FHDYning yagona elektron arxiv bazasi bo‘yicha tekshirilganda mavjud emasligi bayon qilingan.
Shuningdek, Uchqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasining 08.06.2026-yilda tuman adliya bo‘limiga taqdim etgan 01-11-sonli ma‘lumotida fuqaro Kazakbayev Zakirjon XXXning farzandlari Kazakbayeva Lobarxon Zokirjanovna hamda Kazakbayev Zuxriddin Zokirjanovichlarni vafot etganlik to‘g‘risidagi ma‘lumotlar tibbiyot birlashmasi xujjatlarni saqlash arxivi omborxonasi 2019-yilda suv bosishi natijasida xujjatlar yaroqsiz xolatga kelib qolganligi sababli vafot etganlik to‘g‘risidagi so‘ralgan xujjatlarni topish imkoni bo‘lmaganligi ma‘lum qilingan.
Fuqarolik prosessual kodeksining 26-moddasiga asosan, fuqarolik, oila, mehnat, uy-joy, yer to‘g‘risidagi va boshqa munosabatlardan yuzaga keladigan nizolar bo‘yicha ishlar Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga taalluqli ekanligi belgilangan.
Fuqarolik prosessual kodeksi 293-moddasi birinchi qismi uchinchi bandiga ko‘ra, fuqaroni vafot etgan deb topish sud tomonidan alohida ko‘rib chiqiladigan ishlar jumlasiga kirishi belgilangan
Yuqoridagilarga ko‘ra, bo‘lim tomonidan fuqaro Z.Kazakbayevning manfaatida Fuqarolik ishlari bo’yicha Uchqo’rg’on tumanlararo sudiga 13.10.1977-yilda tug‘ilgan farzandi Kazakbayeva Lobarxon Zokirjanovna 02.09.1978-yilda hamda 04.07.1984-yilda tug‘ilgan farzandi Kazakbayev Zuxriddin Zokirjanovich 30.04.1985-yilda vafot etgan etganlik faktini belgilash yuzasidan da’vo arizasi kiritilib, sudning 12.0.2026-yildagi hal qiluv qaroriga asosan fuqarolar L.Kazakbayeva va Z.Kazakbayevlarning vafot etganlik fakti belgilandi.
Bevosita tuman adliya bo‘limida hal etilgan murojaatlarning (97 tadan)
19 tasi yoki 23,8 foizi bo‘yicha murojaat mualliflariga tushuntirishlar berilgan.
Murojaatlarning 92 tasi inson huquqlarini himoya qilishga doir murojaatlar bo‘lsa, 4 tasi davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasiga doir va 6 tasi boshqa sohalar bo‘yicha murojaatlarni tashkil etgan.
Qanoatlantirilgan murojaatlar bo‘yicha 17 ta taqdimnoma va sudlarga
25 ta da’vo arizalari va arizalar kiritilgan.
Jumladan, Uchqo’rg’on tuman adliya bo‘limi tomonidan Farovon MFY, Obod ko’chasi 167-uyda yashovchi fuqaro Iranov Abdusattor Abdigoporovichning turar joyiga Uchqo‘rg‘on tuman hokimining 2021-yil 30-apreldagi 329-son “Fuqarolar tomonidan yakka tartibda qurilgan uy-joy bino-inshootlari xamda yer uchastkasiga egalik va mulk xuquqini e‘tirof etish, belgilash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, mulk huquqi belgilangan, biroq, ushbu qaror ilovasining 8109-qatorida familiyasi “Abdigopporovich” deb qayd etilganligi sababli, hozirda uy-joyini kadastr qila olmayotganligini bayon qilib, ushbu masalada amaliy yordam berishni so‘rab yozgan murojaati murojaati ko‘rib chiqildi.
O‘rganish davomida aniqlanishicha, haqiqatdan ham fuqaro Iranov Abdusattor Abdigoporovich Farovon MFY, Obod ko‘chasi, 167-uyda o‘z hisobidan turar-joy qurib, oilasi bilan yashab kelayotganligi, Iranov Abdusattor Abdigoporovichning turar joyiga nisbatan Uchqo‘rg‘on tuman hokimining
2021-yil 30-apreldagi 329-son “Fuqarolar tomonidan yakka tartibda qurilgan uy-joy bino-inshootlari xamda yer uchastkasiga egalik va mulk xuquqini e‘tirof etish, belgilash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, egalik qilish huquqi belgilangan, biroq, ushbu qaror ilovasining 8109-qatorida fuqaro Iranov Abdusattor Abdigoporovichning familiyasi xatolik sababli “Abdigopporovich” deb qayd etilganligi aniqlanib, ushbu holat fuqaroning fuqarolik pasporti bilan tasdiqlangan.
Xolbuki, O‘zbekiston Respublikasining “Ma‘muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonuni 8-moddasiga asosan, ma‘muriy ish yuritish davomida manfaatdor shaxslar tomonidan taqdim etilgan haqiqiy holatlar to‘g‘risidagi hujjatlar va ma‘lumotlar aksi isbotlanmaguniga qadar ishonchli hisoblanishi, manfaatdor shaxslar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar va ma‘lumotlarning haqiqiyligiga shubha paydo bo‘lgan taqdirda, ma‘muriy organ ularning ishonchliligini mustaqil ravishda va o‘z hisobidan tekshirish uchun choralar ko‘rishi, qonunning 11-moddasiga asosan, ma‘muriy ish yuritish davomida yuzaga keladigan, qonunchilikning bartaraf etib bo‘lmaydigan barcha qarama-qarshiliklari va noaniqliklari manfaatdor shaxslar o‘rtasida kelishmovchiliklar mavjud bo‘lmagan taqdirda, ushbu manfaatdor shaxslar foydasiga talqin qilinadi, deb belgilangan.
Shu bilan birga, qonunning 56-moddasiga asosan, ma‘muriy organ manfaatdor shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra ma‘muriy hujjatning mazmunini o‘zgartirmagan holda uni tushuntirib berishi, shuningdek yozuvdagi yo‘l qo‘yilgan xatolarni va yanglishishlarni ma‘muriy hujjatning mohiyatiga daxl qilmagan holda, o‘z tashabbusiga yoki manfaatdor shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra tuzatishi shartligi belgilangan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, bo‘lim tomonidan fuqaro A.Iranovning manfaatida 06.02.2026-yilda tuman hokimligiga Uchqo‘rg‘on tuman hokimining 2021-yil 30-apreldagi 329-son “Fuqarolar tomonidan yakka tartibda qurilgan uy-joy bino-inshootlari xamda yer uchastkasiga egalik va mulk xuquqini e‘tirof etish, belgilash to‘g‘risida”gi qarori ilovasining 8109-qatoridagi yozuvlarga, hujjatning mohiyatiga daxl qilmagan holda,tuzatish kiritish hamda ushbu yozuvlarni “Iranov Abdusattor Abdigoporovich” deb o‘qilishi haqida qaror qabul qilish yuzasidan taqdimnoma kiritildi.
Uchqo’rg’on tuman hokimining tegishli qaroriga asosan tuman hokimining 30.04.2021-yilsdagi 329-sonli “Fuqarolar tomonidan yakka tartibda qurilgan uy-joy bino-inshootlari xamda yer uchastkasiga egalik va mulk xuquqini e‘tirof etish, belgilash to‘g‘risida”gi qarori ilovasining 8109-qatoridagi yozuvlarga, hujjatning mohiyatiga daxl qilmagan holda, tuzatish kiritildi hamda ushbu yozuvlarni “Iranov Abdusattor Abdigoporovich” deb o’qilishi yuzasidan qarori qabul qilindi.
Kelib tushgan shikoyatlarni xususiyatiga e’tibor beradigan bo‘lsak,
54 tasi mehnat nizolari bo‘yicha, shundan 29 tasi oylik ish haqini olish yuzasidan,
11 tasi ta’limga doir qonunlar yuzasidan, 1 tasi ijtimoiy himoyaga oid, 1 tasi soliqqa oid va 5 tasi boshqa sohalarga oid murojaatlarni tashkil qiladi.
Kelib tushgan arizalarni xususiyati tahlil qilinganda, 2 tasi davlat xizmatlari sohasiga oid, 16 tasi boshqa masalalarga oid murojaatlarni tashkil etgan.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, kelib tushgan murojaatlarning
76,4 foizini (102 tadan 78 tasi) shikoyatlar tashkil etgan. Jismoniy va yuridik shaxslarning shikoyat bilan murojaat qilishlariga asosan quyidagilar, ya’ni:
- davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari va boshqa mas’ul shahslari tomonidan jismoniy va yuridik shahslarning murojaatlariga bepisandlik bilan qaralayotganligi;
- davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari va boshqa mas’ul shahslari qonunchilik hujjatlarini o‘zlashtirmaganliklari;
- davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari va boshqa mas’ul shahslari qonunchilik hujjatlarini amaliyotga to‘g‘ri tadbiq etaolmayotganliklari;
- davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari va boshqa mas’ul shahslari o‘zining huquqiy bilimlarini oshirib bormasligi;
- davlat organlari va tashkilotlarida jismoniy va yuridik shahslarning murojaatlari bilan ishlash to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi;
- davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari o‘zlarining xodimlarini ish yurituvidagi murojaatlarni ko‘rib chiqilishini nazorat qilib bormaganliklari kabilar sabab bo‘lgan.
Murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish uchun quyidagilarga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq bo‘ladi:
- davlat organlari va tashkilotlarida jismoniy va yuridik shahslarning murojaatlari bilan ishlashni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish;
- davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining jismoniy va yuridik shahslarning murojaatlari bilan ishlash borasidagi mas’uliyatlarini oshirish;
- davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari hamda mas’ul shahslarini jismoniy va yuridik shahslarning murojaatlari bilan ishlash borasidagi bilimlarini va malakalarini oshirish uchun ular bilan seminar tarzida mashg‘ulotlar o‘tkazib borish;
- jismoniy va yuridik shahslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan har bir holatga nisbatan murosasiz munosabat bildirib borish.
Uchqo’rg’on tuman adliya
bo‘limi boshlig‘i
A.Shamsiddinov