Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Mahalla tinchligi va yurtimiz ravnaqi yo‘lida hamjihatlik


Davlatobod tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va yo‘nalishli axborot manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarori ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Namangan davlat universitetining majlislar zalida o‘tkazilgan tadbirda mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish, ijtimoiy profilaktikani kuchaytirish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda aholi bilan manzilli ishlash masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B.B.Valiev kirish so‘zi bilan ishtirok etib, mahallalarda xavfsizlikni ta’minlashda profilaktik ishlarni tizimli tashkil etish, muammolarni huquqbuzarlikka aylanishidan oldin aniqlash va bartaraf etish muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, mahalla yettiligi va mas’ul tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish, fuqarolar bilan manzilli ishlash hamda oilaviy va ijtimoiy muammolarga o‘z vaqtida yechim topish zarurligini qayd etdi.

Tadbirda Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i D.Ahmedov so‘zga chiqib, viloyatda PQ-1 va PQ-2-sonli qarorlar ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, kiberjinoyatchilikning oldini olish, aholining raqamli xavfsizlik borasidagi huquqiy bilimlarini oshirish hamda huquqiy eksperimentlar doirasida olib borilayotgan ishlar haqida to‘xtaldi.

Tadbir davomida Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlar doktori A.Xabiberdiyev “Oilaviy nizolarni mediatsiya yo‘li bilan hal etish” mavzusida ma’ruza qildi. Unda oilaviy nizolarni sudgacha tinch yo‘l bilan hal etish va mediatsiya institutining imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi.

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti kafedrasi boshlig‘ining o‘rinbosari, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent, podpolkovnik O‘.Davletov esa “Mahallada ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish tadbirlari” mavzusida ma’ruza qilib, muammoli vaziyatlarni erta aniqlash, fuqarolar bilan manzilli ishlash va huquqbuzarliklarning sabablarini bartaraf etish masalalariga e’tibor qaratdi.

Tadbirda viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari, mahalla yettiligi a’zolari, amaldagi va bo‘lajak mediatorlar, PQ-1-sonli qaror ijrosi bo‘yicha ishchi guruh a’zolari hamda mahalla raislari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, oilaviy nizolarni barvaqt aniqlash, huquqbuzarlik va kiberjinoyatchilikning oldini olishda mas’ul tashkilotlarning hamjihatlikdagi faoliyati muhim ekani ta’kidlandi.

Tadbir yakunida belgilangan vazifalarni amaliyotga samarali tatbiq etish, mahallalarda ijtimoiy profilaktika ishlarini yanada kuchaytirish, aholi bilan manzilli ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli fikr va takliflar bildirildi.



Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Tarmoqlarimizda bizni kuzatib boring