Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Namangan viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 2026-yilning 6 oyligi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni tahlili yuzasidan ma'lumot


Namangan viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan tartibda, oʻz vaqtida, har tomonlama va sifatli koʻrib chiqilishi taʼminlanmoqda.

Bu borada raqamlarga murojaat etsak, 2026-yilning 6 oyligi davomida Namangan viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya boʻlimlariga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 2 609 ta (shundan, hisobot boshidagi 35 ta qoldiq) murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 1077 tasi (shundan hisobot boshidagi 20 ta qoldiq) adliya boshqarmasi markaziy apparatiga kelib tushgan.

Murojaatlarning 569 tasi hal etilib, shundan 270 tasi qanoatlantirilgan,
299 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan va 30 tasi koʻrmasdan qoldirilgan, jami kelib tushgan murojaatlarning 192 tasi tegishliligi boʻyicha boshqa tashkilotlarga, 257 tasi hal etish uchun tuman (shahar) adliya boʻlimlariga yuborilgan va 29 tasi ko‘rib chiqilmoqda.

I. Boshqarmaning markaziy apparatiga kelib tushgan murojaatlarni (yozma, ishonch telefoni, sayyor qabul va virtual) koʻrib chiqish natijalari.

Viloyat adliya boshqarmasi markaziy apparatiga 2026-yilning 6 oyligi davomida 1077 ta murojaatlar (452 ta shikoyat, shundan hisobot boshidagi 17 ta qoldiq, 625 ta ariza, shundan hisobot boshidagi 3 ta qoldiq) kelib tushdi.

Kelib tushgan murojaatlarning sohalar kesimida tahlili:

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qoʻllash amaliyotiga oid - 92 ta;

Inson huquqlarini himoya qilishga oid – 213 ta;

Notariat va advokaturaga oid – 87 ta;

Yuridik xizmatlar faoliyatiga oid – 8 ta;

Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid – 10 ta;

Davlat xizmatlarini koʻrsatishga oid – 448 ta;

boshqa sohalarga oid – 219 ta.

 

Murojaatlarning 569 tasi hal etilib, shundan 270 tasi (47 %) qanoatlantirildi, 299 tasiga (53 %) huquqiy tushuntirish berildi.

Kelib tushgan jami (1077 tadan) murojaatlarning 192 tasi (18%) tegishliligi boʻyicha, 257 tasi (24 %) hal etish uchun tuman (shahar) adliya boʻlimlariga yuborilgan va 30 tasi (3 %) koʻrmasdan qoldirilgan.

Xususan,

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qoʻllash amaliyotiga oid – 34 foizi (31 ta);

Inson huquqlarini himoya qilishga oid – 32 foizi (69 ta);

Notariat va advokaturaga oid – 25 foizi (22 ta);

Yuridik xizmatlar faoliyatiga oid – 63 foizi (5 ta);

Nodavlat-notijorat tashkilotlar faoliyatiga oid – 40 foizi (4 ta);

Davlat xizmatlarini koʻrsatishga oid – 24 foizi (108 ta);

boshqa sohalarga oid – 14 foizi (31 ta) murojaatlardagi vajlar oʻz tasdigʻini topganligi sababli qanoatlantirildi.

 

Qanoatlantirilgan murojaatlar asosida turli idoralarga 57 ta taqdimnoma,
14 ta ma’muriy taklif, 12 ta (1 968 160 423soʻmlik) da’vo arizalari kiritilgan.

Qoʻllanilgan ta’sir choralari natijasida 2 176 923 931 soʻm pul mablagʻlari undirildi. Shuningdek, 20 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, 39 ta hujjat bekor qilindi.

Kelib tushgan murojaatlarni 3 tasini koʻrib chiqishda mutaxassislar jalb qilindi, shuningdek 43 tasi joyiga chiqib oʻrganildi.

II. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va xalq qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha:

Boshqarmaga hisobot davri mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va xalq qabulxonasi orqali jami 347 ta murojaatlar kelib tushdi.

Kelib tushgan murojaatlarning 294tasi (84,7 %) hal etilgan, 7 tasi (2 %) ko‘rmasdan qoldirilgan, 18 tasi (5,2 %) esa tegishliligiga ko‘ra yuborilgan, 28 tasi (8,1 %) ish yurituvida.

Hal etilgan murojaatlarning 98 tasi (33,3 %) qanoatlantirilgan, 196 tasi (66,7%) boʻyicha huquqiy tushuntirish berilgan.

 

 1. Inson huquqlarini himoya qilish sohasida.

 

Inson huquqlarini himoya qilish sohasiga oid jami 213 ta (91 ta shikoyat va 122 ta ariza) murojaat kelib tushgan.

Murojaatlarning 138 tasi (65%) hal etilib, shundan 69 tasi (50%) qanoatlantirildi, 69 tasiga (50%) huquqiy tushuntirish berilgan. Shuningdek, murojaatlarning 20tasi (9 %) tegishliligi boʻyicha, 34 tasi (16%) hal etish uchun tuman (shahar) adliya boʻlimlariga yuborilgan va 5 tasi (2%) koʻrmasdan qoldirilgan.

Qanoatlantirilgan shikoyatlarni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar boʻyicha 46 ta taqdimnoma, 6 ta ma’muriy taklif, sudlarga 10 ta (1 841 185 423 soʻmlik) da’vo arizalari kiritilgan.

Mazkur ta’sir choralarining natijalari yuzasidan 2 173 547 931 soʻm pul mablagʻlari qaytarildi. Shuningdek, 17 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, 32 ta hujjat bekor qilingan yoxud qonunchilikka muvofiqlashtirilgan.

Mazkur sohadagi tahlil, shikoyatlarning quyidagi sohalar boʻyicha kelib tushganligini koʻrsatadi:

- mehnat nizolari yuzasidan 53 ta;

- taʼlimga doir qonun hujjatlari yuzasidan 9 ta;

- ijtimoiy himoyaga doir qonun hujjatlari yuzasidan 5 ta;

- kommunal toʻlovlar yuzasidan 7 ta;

- soliq sohasiga oid qonun hujjatlari yuzasidan 3 ta;

- yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan 3 ta;

- banklar faoliyatiga doir qonun hujjatlari yuzasidan 1 ta;

- davlat xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan 3 ta;

- yuridik xizmatga doir qonun hujjatlari yuzasidan 1 ta;

- sud qarorlari yuzasidan 2 ta;

- prokuratura organlari faoliyatiga doir 1 ta;

- ichki ishlar organlari faoliyatiga oid 3 ta.

 

2. Notariat va advokatura sohasida.

 

Notariat va advokatura sohasida jami 87 ta (53 ta shikoyat, 34 ta ariza) murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 71 tasi (82%) hal etilgan boʻlib, shundan 22 tasi (31%,) qanoatlantirildi, 49 tasiga (69%) huquqiy tushuntirish berilgan, 9 tasi (10%) tegishliligi boʻyicha koʻrib chiqish uchun boshqa tashkilotlarga yuborilgan va 3 tasi (3,4%) koʻrmasdan qoldirilgan.

Shikoyatlarning xususiyati boʻyicha:

- advokaturaga oid 5 ta;

- notariatga oid 48 ta.

III. Tuman (shahar) adliya boʻlimlariga kelib tushgan murojaatlarni (yozma, ishonch telefoni, sayyor qabul va virtual) koʻrib chiqish natijalari.

Tuman (shahar) adliya boʻlimlariga 2026-yil 6 oyligi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan 1532 ta (1052 ta shikoyat, shundan hisobot boshidagi 10 ta qoldiq, 480 ta ariza, shundan hisobot boshidagi 5 ta qoldiq,) murojaatlar kelib tushgan.

Murojaatlarning 1436 tasi hal etilgan, shundan 1099 ta murojaat qanoatlantirilgan, 337 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 12 tasi koʻrmasdan qoldirilgan, 36 tasi tegishliligi boʻyicha yuborilgan va 48 tasi ish yurituvida qolgan.

Shikoyatlar boʻyicha:

2026-yilning 6 oyligi davomida jami 1052 ta, shundan hisobot boshidagi 10 ta qoldiq, shikoyat kelib tushgan. Ushbu shikoyatlardan 1000 tasi (95,2%) hal etilgan, 13 tasi (1,2%) taalluqliligi boʻyicha belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun boshqa idoralarga yuborilgan, 9 tasi (0,8 %) koʻrmasdan qoldirilgan va 30 ta (2,8%) shikoyat ish yurituvida qolgan.

Hal etilgan shikoyatlarning 828 tasi (83 %) qanoatlantirilgan, 172 tasiga
(17 %) huquqiy tushuntirish berilgan.

 

Qanoatlantirilgan shikoyatlarni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar boʻyicha 253 ta taqdimnoma, 31 ta ma’muriy taklif, sudlarga 273 ta (3 356 530 522 soʻmlik) da’vo arizalari kiritilgan.

Mazkur ta’sir choralarining natijalari yuzasidan 3 414 855 969 soʻm pul mablagʻlari qaytarildi. Shuningdek, 30 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka hamda 5 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilib, 99 ta hujjat bekor qilindi.

Kelib tushgan shikoyatlarning xususiyati boʻyicha:

- mehnat nizolari yuzasidan 388 ta (86 tasi oylik ish haqi olish masalasida);

- ta’limga doir qonun hujjatlari yuzasidan 30 ta;

- ijtimoiy himoyaga oid qonun hujjatlari yuzasidan 62 ta;

- uy-joy masalasida 73 ta;

- kommunal toʻlovlar yuzasidan 22 ta;

- soliq sohasiga oid qonun hujjatlari yuzasidan 33 ta;

- yerga doir masalalar boʻyicha 28 ta;

- notariat faoliyatiga doir 1 ta;

- advokatura faoliyatiga doir 1 ta;

- banklar faoliyatiga doir qonun hujjatlari yuzasidan 1 ta;

- davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida 17 ta;

- yuridik xizmatga doir qonun hujjatlari yuzasidan 1 ta;

- sud organlari faoliyatiga oid 2 ta;

- ichki ishlar organlari faoliyatiga oid 2 ta;

- boshqa masalalar boʻyicha 381 tani tashkil etmoqda.

Arizalarning koʻrib chiqilishi boʻyicha:

2026-yilning 6 oyligi davomida jami 480 ta, shundan hisobot boshidagi 5 ta qoldiq ariza kelib tushgan. Mazkur arizalarning 436 tasi (91 %) hal etilgan, 23 tasi (4,7 %) taalluqligi boʻyicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 3 tasi (0,6%) koʻrmasdan qoldirilgan va 18 tasi (3,7%) ish yurituvida qolgan.

Hal etilgan arizalarning 271 tasi (62 %) qanoatlantirilgan, 165 tasiga
(38 %) huquqiy tushuntirish berilgan.

Arizalarning xususiyati boʻyicha:

qonun hujjatlariga tushuntirish berish yuzasidan 34 ta;

Advokaturaga oid 5 ta;

boshqa masalalarda 430 ta arizalar kelib tushgan.

 

IV. Boʻlimlar tomonidan murojaatlarni qanoatlantirish darajasi boʻyicha:

Qanoatlantirilgan shikoyatlar foizi yuqoriligi boʻyicha:

 

- Namangan tumani (hal etilgan 64 ta, qanoatlantirilgan 64 ta (100 %);

- Norin tumani (hal etilgan 69 ta, qanoatlantirilgan 65 ta (94,2 %);

- To‘raqo‘rg‘on tumani (hal etilgan 127 ta, qanoatlantirilgan 118 ta (92,9 %);

- Mingbuloq tumani (hal etilgan 81 ta, qanoatlantirilgan 72 ta (88,8 %);

- Pop tumani (hal etilgan 46 ta, qanoatlantirilgan 40 ta (86,9 %);

 

Qanoatlantirilgan shikoyatlar foizi nisbatan pastligi boʻyicha:

- Yangi Namangan tumani (hal etilgan 36 ta, qanoatlantirilgan 27 ta (75%)

- Yangiqo‘rg‘on tumani (hal etilgan 61 ta, qanoatlantirilgan 45 ta (73,7%);

- Namangan shahri hal etilgan 85 ta, qanoatlantirilgan 53 ta (62,3 %).

 

 

Yuqoridagilardan kelib chiqib, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda murojaatlarni koʻrib chiqishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan quyidagi takliflar bildiriladi:

1. Murojaatlarni koʻrib chiqishda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari talablariga hamda ijro intizomiga qat’iy rioya qilib borish;

2. Kelib tushgan murojaatlarning toʻliq va sifatli hal etilishini ta’minlash maqsadida ularni joyiga chiqib oʻrganish amaliyotini hamda kiritilgan ta’sir choralarini ijrosini belgilangan muddatda hamd to’liq shaklda ta’minlanishiga e’tibor berish;

3. Boshqarmaning tarkibiy boʻlinmalari va sohalar boʻyicha mas’ullar har chorakda shikoyatlar koʻpaygan sohalarni oʻrganib, sabablarini tahlil qilib, muammolarni bartaraf etish yuzasidan rahbariyatga va yuqori turuvchi idoralarga tegishli takliflar kiritish;

4. Murojaatlar koʻp tushayotgan hududlarda sayyor qabullarni oʻtkazish jarayonida masalani joyida hal qilish choralarini koʻrish, bunda tegishli mutasaddi tashkilotlar hamkorligida ish tashkil etish hamda sayyor qabullarda kelib tushayotgan murojaatlarni qanoatlantirishga alohida e’tibor qaratish;

5. Har chorak yakunlari boʻyicha shikoyatlar koʻpayish sabablarini umumlashtirish va yigʻilishlarda muhokama qilish choralarini koʻrish;

6. Tegishliligi boʻyicha yuborilayotgan murojaatlarni tahlil qilgan holda ularning oshib borish tendensiyalariga eʻtibor qaratib, muammoning yechimini topish va kelgusida bu kabi murojaatlarning kamayishiga erishish choralarini koʻrish;

7. Boshqarma va uning tarkibiy boʻlinmalari, tuman (shahar) adliya boʻlimlari xodimlari tomonidan qonun hujjatlarini targʻib qilish jarayonida shikoyatlar koʻpaygan sohadagi qonun hujjatlari normalarini targʻib qilishga alohida e’tibor berish, bunda ommaviy axborot vositalari orqali muammoli masalalar boʻyicha chiqishlar va maqolalarni chop etish choralarini koʻrish.

8. Virtual qabulxona orqali yuborilayotgan murojaatlarni toʻgʻridan-toʻgʻri vakolatli organga yuborishga alohida e'tibor qaratish hamda murojaatni koʻrib chiqish uchun 15 kundan kam boʻlmagan muddat belgilash hamda qanoatlantirish imkoniyati mavjud bo‘lgan murojaatlarni huquqiy tushuntirish berish orqali hal etmaslik.

 


Rejalashtirish va nazorat-tahlil shoʻbasi