Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Chortoq tuman adliya bo‘limiga 2026-yilning o‘tgan olti oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlili


Chortoq tuman adliya bo‘limi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan tartibda, oʻz vaqtida, har tomonlama va sifatli koʻrib chiqilishi taʼminlab borilmoqda.

Bu borada ishlarga e’tibor bersak, 2026-yilning o‘tgan olti oyi davomida Chortoq tuman adliya boʻlimiga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 116 ta (11 ta ariza, 105 ta shikoyat) murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlarning 115 tasi hal etilib, shundan 97 tasi yoki 83 foizi qanoatlantirilgan (7 ta ariza, 90 ta shikoyat), 18 tasiga (2 ta ariza, 16 ta shikoyat) huquqiy tushuntirish berilgan, 1 tasi koʻrmasdan qoldirilgan.

Kelib tushgan murojaatlarning sohalar kesimida tahlili: Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotiga oid – 5 ta; Inson huquqlarini himoya qilishga oid – 85 ta; Davlat xizmatlarini ko‘rsatishga oid – 22 ta; Boshqa sohalar bo‘yicha – 4 ta.

Kelib tushgan murojaatlar yuzasidan qo’llanilgan ta’sir choralari (taqdimnoma va sudlarga kiritilgan da’vo arizalari) natijasida jami, 535 mln so‘mdan ortiq pul mablag‘lari undirilishiga erishilgan.

Kelib tushgan shikoyatlar xususiyatlari bo‘yicha tahlil qilingan vaqtda, mehnat nizolari yuzasidan 49 ta, shundan, oylik ish haqini olish masalasida 10 ta, ta’limga doir qonun hujjatlari yuzasidan 5 ta, ijtimoiy himoyaga doir qonunlar yuzasidan 3 ta, uy-joyga doir qonunlar yuzasidan 3 ta, soliq sohasiga oid qonun hujjatlari yuzasidan 3 ta, davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida 1 ta, yuridik xizmatga doir qonun hujjatlari yuzasidan 1 ta va 30 ta boshqa masalalar yuzasidan hissasiga to‘g‘ri keladi.