Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonun mazmun-mohiyati yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi


Namangan viloyati adliya boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyunda qabul qilingan O‘RQ–1155-sonli "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida"gi Qonuni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi.

 Tadbirda Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Jo‘rayev, Namangan viloyat sudi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi A.Inomov hamda boshqarma xodimlari ishtirok etdilar.

 Ochiq muloqot davomida so‘zga chiqqan sudya A.Inomov mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, qabul qilingan yangi Qonunning maqsad va vazifalari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Xususan, mazkur Qonun bilan korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik va jazo choralarini kuchaytirish, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy va hududiy kengashlar, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda komplayens va ichki nazorat tuzilmalari faoliyati samaradorligini oshirish, korrupsiya haqida xabar bergan shaxslarning huquq va xavfsizligini ta’minlash, davlat xaridlarida korrupsiyaviy xavflarni kamaytirish, shuningdek, yoshlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan muhim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgani ta’kidlandi.

 Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ularga qonunchilik asosida atroflicha javoblar berildi.

 Ochiq muloqot davlat organlari xodimlarining huquqiy bilimlarini mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik yangiliklarini keng targ‘ib qilish hamda jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni yanada kuchaytirishga xizmat qildi.



Namangan viloyati adliya boshqarmasi