Янгиликлар
Qabriston nazoratchilari uchun o‘quv seminari tashkil etildi
Uchqo‘rg‘on tumani adliya bo‘limida tumandagi qabriston nazoratchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 735-son qarori ijrosini ta’minlashga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi.
Seminar davomida dafn xizmatlarini qonunchilik talablari asosida tashkil etish, mazkur sohadagi yangiliklar hamda qabristonlar faoliyatini raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga "dafn.adliya.uz" axborot tizimidan foydalanish, unda ma’lumotlarni to‘g‘ri kiritish va amaliyotda samarali ishlash tartibi amaliy misollar orqali ko‘rsatib berildi.
Seminar yakunida qabriston nazoratchilarini "One ID" yagona identifikatsiya tizimidan ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari amalga oshirildi hamda tizimlardan foydalanish yuzasidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.
Mazkur tadbir dafn xizmatlarini raqamlashtirish, davlat xizmatlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi
.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi