Янгиликлар
Hududlarda yuridik xizmat faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘quv seminari o‘tkazildi
Boshqaruv samaradorligi agentligining viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat adliya boshqarmasi hamda sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamkorligida o‘quv seminari tashkil etildi..png)
Mazkur seminarda tuman (shahar) yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari hamda tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Seminarning asosiy maqsadi sog‘liqni saqlash tizimida huquqiy ishlarni samarali tashkil etish, normativ-huquqiy hujjatlarning to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash, shuningdek, yuridik xizmatlar faoliyatida uchrayotgan amaliy muammolarni muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida Sog‘liqni saqlash vazirining 234-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash yuzasidan amaliyotda yuzaga kelayotgan masalalar atroflicha muhokama qilindi. Ishtirokchilar tomonidan mazkur buyruqni qo‘llash jarayonida uchrayotgan ayrim muammolar, ularni bartaraf etishning huquqiy mexanizmlari hamda amaliyotda yagona yondashuvni shakllantirish bo‘yicha o‘zaro fikr va takliflar bildirildi.
Shuningdek, huquqiy hujjatlarni rasmiylashtirish, ichki idoraviy hujjatlarni qonunchilik talablari asosida tayyorlash, yuridik xizmatlarning mas’uliyatini oshirish hamda davlat organlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Seminar yakunida ishtirokchilarning savollariga batafsil javoblar qaytarildi hamda kelgusida huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish, sohada yagona huquqiy amaliyotni ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi