Янгиликлар
TALABALARNI TURAR JOY BILAN TA’MINLASH SHAFFOFMI ?
Davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-son qaroriga asosan amalga oshirilidi.
Talaba yo‘llanma olish uchun davlat xizmatlari markazlariga bevosita kelib (ishonchli vakil orqali) yoki mustaqil ravishda YIDXP orqali murojaat qilishi mumkin.
Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish har yili 1-avgustdan boshlanadi va o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.
Umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun oliy ta’lim muassasasi talabalar turar joyida ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foizi;
2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foizi;
3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.
Bunda:
kurslarga ajratilgan, biroq to‘lmay qolgan o‘rinlar avvalo quyi kurs talabalari orasida, so‘ng kurslarning ortib borishi tartibiga qat’iy amal qilgan holda yuqori kurs talabalari orasida qayta taqsimlanadi;
oliy ta’lim muassasasi tomonidan talabalar turar joyidagi o‘rinlar soni umumiy ro‘yxat bo‘yicha fakultetlar kesimida taqsimlanishi mumkin.
Umumiy ro‘yxatga kiritiladigan talabalar quyidagi ketma-ketlik asosida talabalar turar joyiga joylashtiriladi:
bitta oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida ikki yoki undan ortiq to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan oila farzandlari;
kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talabalar (kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talabalar turar joyiga ehtiyoji bor talabalar to‘liq ta’minlanmasdan turib, boshqa ta’lim shaklida o‘qiyotgan talabalarni turar joyga joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi);
talaba qizlar (talabalar kontingentidan kelib chiqib oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) ushbu ustuvorlik ulushini belgilaydi);
bakalavriat bosqichida o‘qiyotgan talabalar (bakalavriat bosqichida o‘qiyotgan turar joyga ehtiyoji bor talabalar to‘liq talabalar turar joyiga joylashtirilmasdan, ta’limning magistratura va doktorantura bosqichida o‘qiyotgan talabalarni turar joyga joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi);
oliy ta’lim muassasasi joylashgan hududdan boshqa hududda doimiy yashovchi talabalar;
ariza berilgan sana bo‘yicha navbat asosida.
Imtiyozli va umumiy ro‘yxatlar bo‘yicha barcha navbatlar har o‘quv yili yakunidan so‘ng bekor qilinadi hamda avgust oyidan boshlab talabalarning murojaatlari asosida qaytadan shakllantiriladi.
Talabalarni talabalar turar joyiga joylashtirish bo‘yicha yo‘llanmalar taqdim etilgan o‘quv yili uchun amal qiladi.
Qonunchilikka ko’ra, quyidagi toifadagi talabalar ustuvorlik asosida talabalar turar joylariga qabul qilinadi:
Mehribonlik uylari" tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan talabalar;
Ijtimoiy himoya yagona reestri", "Temir daftar" va "Ayollar daftari"ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari hamda "Yoshlar daftari"da turadigan talabalar;
I va II guruh nogironligi bo’lgan talabalar;
1 oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida 2 yoki undan ortiq to’lov-shartnoma asosida o’qiyotgan oilalar farzandlari;
xalqaro fan olimpiadalari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o’tkaziladigan respublika fan olimpiadalarida g’oliblikni qo’lga kiritgan talabalar;
"Yil talabasi" va "Talabalar teatr studiyalari" ko’rik-tanlovlarining respublika bosqichi g’olibi bo’lgan talabalar;
oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida o’tkazilgan "Zakovat" intellektual o’yinining respublika bosqichida g’oliblikni qo’lga kiritgan talabalar;
talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardori bo’lgan talabalar.
Talabalarni talabalar turar joyiga yo‘llanmasiz qabul qilish taqiqlanadi.
Chortoq tuman Adliya bo`limi
Davlat xizmatlari markazi katta mutaxasisi:
Otamirzayev Nosirjon Ibragimovich