Янгиликлар
08
Norin tumanida fuqarolar murojaatlari sayyor qabulda tinglandi
Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i D. Ahmedov tomonidan Norin tumanining "Uchtepa" mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni joyida o‘rganish hamda ularning murojaatlarini tezkor va qonuniy hal etishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Navbatdagi sayyor qabulda 45 nafar fuqaro ishtirok etib, yer-huquqiy munosabatlar, mehnat, ijtimoiy ta’minot, moddiy yordam, tadbirkorlik va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi.
Murojaatlarning bir qismi joyida huquqiy tushuntirish va amaliy tavsiyalar berish orqali hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan 13 ta murojaat belgilangan tartibda ish yurituviga olindi.
Shu kuni tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan 10 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Shuningdek, qabul davomida fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–1-son qarori mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Xususan, mazkur qarorda nazarda tutilgan imkoniyat va imtiyozlardan foydalanish tartibi, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Bunday sayyor qabullar aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularni bartaraf etish hamda davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi