Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Adliya vazirligi mas’ullari Kosonsoy va Yangiqo‘rg‘on tumanlaridagi davlat xizmatlari tizimi faoliyatini o‘rgandi.


Adliya vazirligi mas’ullari tomonidan Namangan viloyatida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi, raqamlashtirish jarayonlari hamda aholiga yaratilayotgan qulayliklarni o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Xususan, ishchi guruh tomonidan Kosonsoy va Yangiqo‘rg‘on tuman Davlat xizmatlari markazlari faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish davomida fuqarolarga davlat xizmatlarini tezkor, sifatli va shaffof tarzda ko‘rsatish holati, xizmatlar sifati va samaradorligi, markazlarda yaratilgan shart-sharoitlar hamda amaldagi tartib-taomillarga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, markazlarda fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, elektron xizmatlarni ko‘rsatish amaliyoti, xizmatlarning tezkorligi va sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Bundan tashqari, xodimlarning mehnat sharoitlari, axborot xavfsizligini ta’minlash, parol siyosatiga rioya etilishi, elektron raqamli imzodan foydalanish va uni berish tartibining amaldagi talablar asosida tashkil etilgani ham ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunida davlat xizmatlari ko‘rsatish sifati ustidan nazoratni kuchaytirish, raqamli xizmatlardan foydalanish ko‘lamini kengaytirish hamda fuqarolarga yanada qulay va sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur o‘rganishlar davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish, aholining murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli hal etish hamda xizmatlar sifati ustidan tizimli monitoringni kuchaytirishga xizmat qiladi.

https://t.me/namanganadliya/45229




Namangan viloyati adliya boshqarmasi