Янгиликлар
“Huquqiy eksperiment” loyihasi: huquqiy targ‘ibotning yangi bosqichi
“Huquqiy eksperiment” loyihasi: huquqiy targ‘ibotning yangi bosqichi
Adliya vazirligi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Huquqiy eksperiment” loyihasi aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda fuqarolarda huquqiy immunitetni shakllantirishga qaratilgan muhim tashabbuslardan biridir.
Mazkur loyiha doirasida zamonaviy va ta’sirchan huquqiy targ‘ibot usullari amaliyotga keng joriy etilib, fuqarolarning huquqiy bilimlarini oshirish, ularni turli noqonuniy holatlar va huquqbuzarliklardan ogohlantirish maqsad qilingan.
Shu maqsadda, Namangan viloyati adliya boshqarmasining mas’ul xodimlari tomonidan shahrimizning eng gavjum maskanlaridan biri bo‘lgan Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida loyiha doirasidagi ilk huquqiy eksperiment o’tkazilib, aholidan savollarga javob olindi.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi
https://t.me/namanganadliya/44978