Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Adliya aralashuvi bilan 12 nafar xodimning 120 million so‘mlik ish haqi undirib berildi


Pop tumanida adliya organlari tomonidan fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish borasida navbatdagi ijobiy natijaga erishildi.

Jumladan, Pop ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligida faoliyat yurituvchi bir guruh xodimlar oylik ish haqlari bir necha oy davomida to‘lanmayotganligi yuzasidan murojaat bilan chiqishgan.

Mazkur murojaat Pop tuman adliya bo‘limi tomonidan atroflicha o‘rganilib, xodimlarning mehnat huquqlari buzilganligi aniqlandi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, adliya bo‘limi tomonidan xodimlar manfaatlarini ko‘zlab sudga da’vo arizasi kiritildi.

Sud tomonidan ish materiallari ko‘rib chiqilib, da’vo talablari qanoatlantirildi. Natijada 12 nafar xodimning bir necha oydan buyon to‘lanmay kelayotgan jami 120 million so‘mlik ish haqi undirilishi ta’minlandi.

Mazkur holat adliya organlari tomonidan fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish, qonuniy manfaatlarini tiklash hamda ijtimoiy adolatni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy natijasi bo‘ldi.