Янгиликлар
Nikoh shartnomasi – oilaviy barqarorlik va huquqiy himoya kafolati
Nikoh shartnomasi er-xotinning mol-mulk, huquq va majburiyatlarini belgilovchi huquqiy hujjat hisoblanadi. U oilaviy barqarorlikni oshirish, ajrim jarayonlarida nizolarni kamaytirish, taraflar huquqlarini himoya qilish va ishonchni kuchaytirishda o‘rindosh rol o‘ynaydi. Shartnoma yordamida mol-mulkga oid tushunmovchiliklar oldini olinadi, taraflar manfaatlari teng ravishda e’tiborga olingan bo‘ladi.
Oila jamiyatning eng muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Oila mustahkamligi esa o‘zaro hurmat, ishonch va huquqiy aniqlikka tayanadi. Ana shunday huquqiy vositalardan biri — nikoh shartnomasidir.
Nikoh shartnomasi er-xotinning mol-mulkka oid huquq va majburiyatlarini belgilovchi huquqiy hujjat bo‘lib, u oilaviy munosabatlarda ochiqlik va ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladi. Mazkur shartnoma turmush qurishdan oldin yoki nikoh davrida tuzilishi mumkin.
Nikoh shartnomasining afzalliklari
Mol-mulkka oid munosabatlarga aniqlik kiritadi
Nikoh shartnomasida er-xotinning nikohdan oldingi va nikoh davomida orttirgan mol-mulklari kimga tegishli ekanligi aniq belgilab qo‘yiladi. Bu kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli tushunmovchiliklarning oldini oladi.
Ajrim holatida nizolarni kamaytiradi
Oilaviy munosabatlar tugatilgan taqdirda mol-mulk va majburiyatlar shartnomada belgilangan tartib asosida taqsimlanadi. Natijada uzoq davom etadigan sud jarayonlari va ortiqcha tortishuvlarning oldi olinadi.
Har ikki tomonning huquqlarini himoya qiladi
Nikoh shartnomasi er va xotinning huquq hamda manfaatlarini teng ravishda himoya qilishga xizmat qiladi. Ayniqsa, moliyaviy mustaqillikni ta’minlash va taraflarning qonuniy manfaatlarini kafolatlashda muhim ahamiyatga ega.
O‘zaro ishonchni mustahkamlaydi
Shartnoma oilada ochiqlik va mas’uliyat hissini kuchaytiradi. Er-xotin o‘z huquq va majburiyatlarini aniq bilgan holda, kelajakdagi munosabatlarni yanada mustahkam asosda quradi.
Xulosa
Nikoh shartnomasi ishonchsizlik belgisi emas, aksincha, oilaviy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga soluvchi, er-xotinning manfaatlarini himoya qiluvchi va oilaviy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi muhim huquqiy vositadir.
Xusnida Isaqova,
Namangan shahar FHDY boʻlimi 1-toifali inspektori