Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Adliya ko‘magida 63 yoshli fuqaroning tug‘ilganlik hujjati tiklandi.


To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro A.S. tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasini tiklash masalasida tuman adliya bo‘limiga murojaat qildi.

Murojaat adliya bo‘limi tomonidan atroflicha o‘rganildi. O‘rganish davomida fuqaroning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi hamda ota-onasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud emasligi aniqlandi. Shundan so‘ng arxiv hujjatlari o‘rganilib, guvohlarning ko‘rsatmalari asosida surishtiruv ishlari olib borildi va murojaatchining ota-onasi aniqlandi.

Tegishli hujjatlar to‘planib, fuqaroning tug‘ilganlik faktini belgilash yuzasidan sudga murojaat qilindi. Sud tomonidan A.S.ning 1963-yil 28-may kuni tug‘ilganlik fakti belgilandi.

Sud qarori asosida fuqaroga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma rasmiylashtirib berildi.

Mazkur holat adliya organlari tomonidan fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularning muammolariga amaliy yechim topish borasida olib borilayotgan ishlarning yana bir amaliy natijasidir.