Янгиликлар
20
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Namangan viloyat adliya boshqarmasining 2026-yil aprel–may oylarida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish dasturi doirasida Namangan shahar adliya bo‘limida “Ochiq maslahat kuni” tashkil etildi.
.png)
Tadbirda yoshlar davlat organlariga ishga qabul qilish tartibi, test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish, boshqaruv tizimlaridan foydalanish hamda zamonaviy AKT vositalari yordamida rezyume va motivatsion xatlar tayyorlash bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, ishtirokchilar Davlat xizmatlari markazi va Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.
Tadbir davomida yoshlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berilib, zarur tavsiya va yo‘nalishlar taqdim etildi.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi
Tarmoqlarimizda bizni kuzatib boring