Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Pedagoglar manfaati yo'lida


Fuqaro Zaynutdinova Saida Sarimsakovna O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori asosida olib bordirilgan fan olimpiadasida g‘olib bo‘lib, 3-darajali diplom oldi. Shunday qilib, 2019-yildan boshlab unga har oy 100% miqdoridagi ustama haqi to‘lanishi kerak edi. Lekin to‘lovlar amalga oshmadi. 2026-yilning 24-martida tuman sudi to‘liq to‘lov qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Uchqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan Uchqo‘rg‘on tumani, Ulug‘bek MFY, Afzal 2-berk ko‘chasi, 3-uyda yashovchi fuqaro Zaynutdinova Saida Sarimsakovnaning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4306-sonli Qaroriga asosan 2019-yildan xozirgi kunga qadar har oylik ustama pullari to‘lab berilmayotganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati o‘rganib chiqildi.

Murojaatni o‘rganish jarayonida aniqlanishicha, fuqaro Zaynutdinova (qizlik familiyasi Ataxanova) Saida Sarimsakovna 1984-yilmart oyida Samarqand shahrida o‘tkazilgan Respublika fan olimpiadasida rus-tili fanidan ishtirok etib, olimpiadada erishgan muvaffaqiyatlari uchun 3-darajali diplom bilan mukofotlanganligi, xozirda Uchqo‘rg‘on tumanidagi 1-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabidagi o‘quvchilarga rus-tili fanidan ta‘lim berayotganligi ma‘lum bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.05.2019-yildagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4306-sonli Qarorining 5-bandi “g” kichik bandida ta‘lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblari lavozim maoshiga hаr оу 150 foiz, asosiy olimpiadalar respublika bosqichi gʻoliblari lavozim maoshiga har oy 100 foizlik ustama haqi to‘lanishi belgilangan.

Shu munosabat biilan 29.12.2025-yilda FIB Uchqo'rg'on tumanlararo sudiga fuqaro S.Zaynutdinova manfaatida da'vo ariza kiritilib sudning 24.03.2026-yildagi hal qiluv qaroriga asosan fuqaroga 03.05.2019-yildan hozirgi kunga qadar har oylik ish haqining 100 foizi miqdorida ustama haqlari hisoblab to'lab berilishi va kelgusida ushbu to'lovlar to'lab borilishi yuzasidan majburiyat yuklatildi.


Namangan viloyati adliya boshqarmasi