Янгиликлар
20
Adliya aralashuvi bilan tadbirkorning 7 yildan buyon ololmay kelgan 91 mln so'm kompensatsiyasi undirib berildi.
To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Axsikent” majmuasi qurilishi uchun 2019-yilda “Sirdaryo” xususiy korxonasiga tegishli bino-inshootlar davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun buzilgan. Biroq, tadbirkorga tegishli kompensatsiya mablag‘lari to‘liq to‘lanmagan. Shundan norozi bo‘lgan tadbirkor tuman adliya bo‘limiga murojaat qilgan.
Murojaat o‘rganilganda, kompensatsiyaning bir qismi shu kungacha to‘lanmaganligi, 2024-yilda obyekt qayta baholanib, uning qiymati 122 million so‘m etib belgilanganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan adliya organlari tomonidan tadbirkor manfaatini ko‘zlab sudga da’vo arizasi kiritildi.
Natijada sud qarori bilan tadbirkor foydasiga 91 million so‘m kompensatsiya mablag‘i undirib berilishi belgilandi.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi
https://t.me/namanganadliya/44607