Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

1015 nafar fuqaroning yer va mulkka bo'lgan huquqlari e'tirof e'tildi!


Xalq deputatlari Namangan viloyati navbatdagi sessiyasida fuqarolarning yer uchastkasiga bo'lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga bo'lgan mulk huquqini eʼtirof etish masalasi ko'rib chiqildi.

Mazkur sessiyada “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonun doirasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilibdi.

Natijada, jami 1015 nafar fuqaroning yer va mulkka bo'lgan huquqlarini e'tirof etish bo'yicha kengash qarori qabul qilindi.Namanganda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlari e’tirof etilgan shaxslar 2 262 nafarga yetdi.

Ma’lumot uchun, “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonun ijrosi doirasida shu kunga qadar viloyat bo‘yicha jami 6 845 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari qonuniy asosda tan olingan.

Qonun ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarning mulklari qonuniylashtiriladi, fuqarolar o‘rtasidagi mulkiy nizolar, shu jumladan meros bilan bog‘liq nizolarga yechim topiladi, eng muhimi aholining kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.