Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

TUGʻILISHNI MUDDATINI OʻTKAZIB QAYT ETISH TARTIBI


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2023-yil 20-oktyabrdagi 550-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish” Qoidalari talablariga koʻra, bola tugʻilganligi toʻgʻrisidagi ariza ota-onasi yoki ulardan biri, alohida hollarda esa qarindoshlari, qoʻshnilari yoki ota-onasi yoxud ota-onasidan biri vakolat bergan boshqa shaxslar, shuningdek tibbiyot muassasalarining, ichki ishlar yoki vasiylik va homiylik organlarining mansabdor shaxslari tomonidan berilishi mumkin.Belgilangan muddatning oʻtib ketganligi tugʻilganlikning qayd etilishiga toʻsqinlik qila olmaydi.Bunda, oʻn olti yoshgacha boʻlgan bolaning tugʻilishini qayd etish uchun FHDYO organiga tugʻilishni qayd etish muddatini oʻtkazib yuborganlik sabablari koʻrsatilgan ariza bolaning ota-onasi, ota-onaning qonuniy nikohi mavjud boʻlgan hollarda ulardan biri yoki ishonchnoma asosida boshqa manfaatdor shaxs, ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxs yoxud vasiylik va homiylik organlarining mansabdor shaxslari tomonidan taqdim etiladi.Bunday hollarda FHDYO organi tugʻilish faktini tasdiqlovchi hujjatga qoʻshimcha ravishda qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa hujjatlarni ham talab qiladi.Agar tugʻilganlikni qayd etish toʻgʻrisidagi ariza belgilangan muddatdan oʻtkazilib berilgan boʻlsa, tugʻilish tugʻilganlik toʻgʻrisidagi dalolatnomalarni qayd etish joriy roʻyxatga olish daftariga qayd etiladi.16 yoshdan oshgan tibbiy muassasadan tashqarida va tibbiy yordamsiz tugʻilgan bolaga nisbatan tibbiyot muassasasi tomonidan tugʻilganlik haqidagi maʼlumotnoma rasmiylashtirilmagan shaxslarning tugʻilganligini qayd etish sudning hal qiluv qarori asosida amalga oshiriladi.Agar bola 16 va undan katta yoshda boʻlsa va unga nisbatan tibbiyot muassasasi tomonidan rasmiylashtirilgan tugʻilganlik haqidagi tibbiy maʼlumotnoma mavjud boʻlsa, uning tugʻilishi ota-ona yoki ulardan biri va voyaga yetgan bolaning arizasiga koʻra qayd etiladi.Tugʻilganlikni qayd etish uchun: bola tugʻilganligi toʻgʻrisidagi tibbiy maʼlumotnomasi (tugʻilganlikni kompleks davlat xizmati sifatida qayd etish bundan mustasno), ota-onalarining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari (fuqarolik pasporti, xorijga chiqish pasporti, identifikatsiyalovchi ID-karta, harbiy xizmatchining harbiy bileti), nikoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi gerbli guvohnoma yoki otalikni belgilash haqidagi ariza yoxud nikohda boʻlmagan onaning arizasi taqdim etiladi.

 

Toʻraqoʻrgʻon tumani FHDYO boʻlimi 
Xamidxonova Dilraboxon