Янгиликлар
VOYAGA YETMAGAN FARZANDIMGA XORIJGA CHIQISH BIOMETRIK PASPORTINI OLISHDA QANDAY HUJJATLAR TALAB ETILADI?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-sonli qaroriga asosan fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish amalga oshiriladi. Xorijga chiqish biometrik pasporti O‘zbekiston Respublikasining mulkidir va uning egasi O‘zbekiston Respublikasining himoyasidadir.
Voyaga yetmagan shaxslar uchun-ota-onalari yoki vasiylar (homiylar)ning fuqaroning xorijga chiqishiga notarial tasdiqlangan roziligi, ota-onalarning har ikkisi ma’lumotlarni yig‘ish punktiga ya’ni ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari hamda hozirda Namangan viloyatining barcha Davlat xizmatlari markazlariga bevosita murojaat qilgan hollar bundan mustasno ya’ni ota-onalarning o’zlari borib rozilik yozib bergan taqdirda notarial tasdiqlangan rozilik talab qilinmaydi.
Voyaga yetmagan shaxslar uchun — fuqaroga hamrohlik qiluvchi shaxsning notarial tasdiqlangan majburiyati (hamrohlik qiluvchi shaxs voyaga yetmaganning otasi va (yoki) onasi yoxud vasiy yoki homiysi bo‘lgan hollar bundan mustasno) ya’ni hamrohlik qiluvchi shaxs ota-onasi va vasiysidan boshqa uchinchi shaxsga hamrohlik beriladigan bo’lsa notarial tasdiqlangan majburiyati talab etiladi.So‘rovnoma YIDXP orqali yuborilganda, ota-onalar yoki vasiylar (homiylar)ning notarial tasdiqlangan roziligi talab etilmaydi. Bunda, ota-onalar yoki vasiylar (homiylar)ning roziligi faqat elektron raqamli imzoni qo‘llash orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining voyaga yetmagan fuqarosiga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish chog‘ida quyidagi holatlarda ota-onadan birining roziligi talab qilinmaydi:
-ota-onaning biri vafot etganda;
-boquvchisi yolg‘iz ona bo‘lgan hollarda;
-bolaning ota-onasidan biri xorij fuqarosi bo‘lganida;
-ota-onadan biri sud tomonidan ota-onalik huquqlaridan mahrum qilingan, bedarak yo‘qolgan deb topilgan yoxud muomalaga layoqatsiz deb topilganida.
15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar ota-onalar, vasiylar (homiylar)ning voyaga yetmagan shaxsning mustaqil ravishda xorijga chiqishiga notarial tasdiqlangan roziligi bo‘lgan taqdirda, xorijga kuzatuvchisiz chiqishi mumkin.
-Voyaga yetmagan shaxslarga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish xizmati yuzasidan ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘rtasida chiqqan har qanday nizolar sud tartibida hal qilinadi.
Xorijga chiqish biometrik pasporti fuqarolarga quyidagi amal qilish muddatlariga beriladi:
-tug‘ilgan kunidan boshlab bir yoshgacha — ikki yil muddatga;
-bir yoshdan 25 yoshgacha -5 yil muddatga;
-25 yoshdan oshgan shaxslarga -10 yil muddatga rasmiylashtirib beriladi.
Namangan shahar davlat xizmatlari
markazi katta mutaxassisi:
Abdullayev Ulug’bek Qobuljon o’g’li