Янгиликлар
2026-yil 1-choragida qilingan ishlar haqida ma'lumot
1. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI VA HUKUMATI HUJJATLARI IJROSI SOHASIDA.
I. Shoʻba tomonidan oʻrganish va monitoringlar oʻtkazish sohasida:
Shoʻba tomonidan joriy yilning 1-choragi davomida qonunchilik hujjatlari ijrosi boʻyicha 1 ta oʻrganishlar hamda 99 ta Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hujjatlarida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan monitoringlar oʻtkazilib, natijasi boʻyicha axborot va tahliliy maʼlumotnomalar vazirlikka taqdim etilgan.
Oʻtkazilgan oʻrganish va monitoringlar natijasida 45 ta qonunchilik hujjatlari hamda topshiriqlar ijrosi buzilishi, xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilganligi holatlari aniqlangan.
Ijrosi bevosita hududlarda amalga oshirilishi nazarda tutilgan topshiriqlar boʻyicha bajarilgan amaliy ishlarni “joyiga chiqib oʻrganish” amaliyoti yoʻlga qoʻyilgan.
II. Taʼsir choralar kiritilishi boʻyicha:
Shoʻba tomonidan joriy yilning 3 oyi davomida oʻtkazilgan oʻrganish va monitoringlar natijasi boʻyicha aniqlargan qonunchilik hujjatlari buzilishi holatlari yuzasidan 4 ta taqdimnoma, 16 ta ogohnoma hamda viloyat hokimligiga 4 ta tahliliy maʼlumotnoma va xatlar kiritilgan, shuningdek, mansabdor shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortish boʻyicha 1 ta maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida ish hujjatlari rasmiylashtirilgan.
Kiritilgan taʼsir choralari natijasida topshiriqlar ijrosi boʻyicha masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan deb topilgan 4 nafar xodimlarga intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi, 1 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortildi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan 5 ta topshiriqlar ijrosiga huquqiy-uslubiy jihatdan koʻmaklashildi.
III. Huquqiy targʻibot va takliflar ishlab chiqish sohasida:
Shoʻba tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari, ularning mazmun-mohiyati hamda ijrosini tashkil etish, ijro intizomi yoʻnalishida 4 marotaba davlat organlari va tashkilotlarida davra suhbatlari va seminarlar tashkil qilindi. Sohani takomillashtirish boʻyicha 2 ta taklif ishlab chiqildi.
2. HUQUQNI QOʻLLASH AMALIYOTINI OʻRGANISH VA METODIK TAʼMINLASH SOHASIDA.
I. Oʻtkazilgan nazorat tadbirlari sohasida:
Shoʻba tomonidan 3 ta idorada davlat boshqaruvining samaradorligi va huquqni qoʻllash amaliyoti oʻrganish yuzasidan 3 ta oʻrganish, shuningdek 5 ta monitoring oʻtkazilib, oʻtkazilgan oʻrganish va monitoringlar davomida jami 960 ta kamchilik va qonunbuzilish holatlari (hokimliklarda 596 ta va boshqa tashkilotlarda 364 ta) aniqlandi.
Aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan tegishli idoralarga jami 8 ta taqdimnoma kiritildi.
Kiritilgan taʼsir choralar natijasida taqdimnomalarga asosan:
- 1 ta hujjat bekor qilindi;
-1 nafar xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi;
-586 ta holatdagi muddat buzilishlar bartaraf etildi.
Xususan, shoʻba tomonidan “***” MCHJ direktori A.D.ning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 450-sonli qaroriga asosan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya berilganligi yuzasidan xabarnoma chiqqan boʻlsada, pul mablagʻlari toʻlab berilmayotganligidan norozi boʻlib qilgan murojaati koʻrib chiqilib, A.D.ga “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya ajratish” toʻgʻrisidagi 401-sonli hamda 408-sonli xabarnomalariga asosan pul mablagʻlari toʻlab berish yuzasidan Namangan viloyati kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasiga taqdimnoma kiritilib, 3 375 000 soʻm pul mablagʻlari toʻlab berildi.
Shuningdek, boʻlim tomonidan 32 ta qonun hujjatlarining ijrosi tahlil qilinib, oʻtkazilgan oʻrganishlar va tahlillar natijasida viloyat hokimligiga 2 ta va Adliya vazirligiga 4 ta tahliliy maʼlumotlar kiritildi.
II. Qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish sohasida:
Shoʻba tomonidan oʻtgan davr mobaynida jami 4 ta taklif koʻrib chiqish uchun Adliya vazirligiga yuborildi.
III. Murojaatlarni koʻrib chiqish sohasida:
Shoʻbaga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 39 ta murojaatlar (13 ta shikoyat va 26 ta ariza) kelib tushdi.
Kelib tushgan murojaatlarning 33 tasi (95.2 %) koʻrib chiqilib, 18 tasi
(53.2 %) qanoatlantirilgan va 15 tasiga (40.9 %) huquqiy tushuntirish berilgan,
1 ta (1.1 %) murojaatni koʻrib chiqish uchun tegishli tashkilotga yoʻnaltirilgan,
6 ta (19.3 %) murojaat shoʻba tomonidan koʻrib chiqilmoqda.
IV. Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosi yuzasidan:
Namangan viloyati adliya boshqarmasining tomonidan mazkur qonun ijrosi yuzasidan tizimli nazorat oʻrnatilgan.
Xususan “Eʼtirof AAT” tizimiga 2026-yilning 31-mart holatiga viloyat boʻyicha kadastr organlari tomonidan avtomatlashtirilgan axborot tizimida
46 630 ta elektron yigʻma jild shakllantirilgan boʻlib, bundan 31 862 ta ikki oylik muhokama jarayonida, 1 538 ta jamoatchilik muhokamasida, 1 549 ta adliya boshqarmasida, 521 ta vakolatli tashkilotlarga tahrirlash uchun chiqarilgan.
Shuningdek, viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 11 160 ta elektron yigʻma jildlar koʻrib chiqilib 9 286 ta ijobiy, 1 874 ta salbiy xulosalar avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritilgan.
Namangan viloyatida 5 830 nafar shaxsning oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etildi.
Hozirgi kunda 2 776 ta elektron yigʻma jildlar toʻlov bosqichida hamda
680 ta yigʻma jildlar Xalq deputatlari Namangan viloyati kengashida qaror chiqarish bosqichiga oʻtkazilgan.
Qonun ijrosi yuzasidan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan muddat buzilishiga yoʻl qoʻyayotgan hamda notoʻgʻri maʼlumotlar kiritayotgan, xatlov jarayonida sustkashlikka yoʻl qoʻygan vakolatli tashkilotlarga nisbatan 52 ta taqdimnoma hamda 51 ta ogohnoma chiqarilgan.
Bundan tashqari, Namangan viloyati prokuraturasiga xulosalar berishda muddat buzilishiga yoʻl qoʻyayotgan hamda notoʻgʻri maʼlumotlar kiritayotgan masʼul xodimlar xarakatlariga xuquqiy baxo berish uchun 8 marotaba xatlar chiqarilgan.
Yuqoridagi taʼsir choralar natijasida 45 nafar shaxsga nisbatan intizomiy taʼsir choralari 15 ortiq shaxsga nisbatan maʼmuriy javobgarlik choralari qoʻllanildi.
3. HUQUQIY TARGʻIBOTNI AMALGA OSHIRISH HAMDA HUQUQIY AXBOROTNI TARQATISH VA UNDAN FOYDALANISHNI TAʼMINLASH SOHASIDA.
I. Umumiy statistika.
Namangan viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi idoralar xodimlari tomonidan 2026-yilning oʻtgan davrida jami 12 957 ta (boshqarma tomonidan 757 ta, adliya boʻlimlari tomonidan 12 200 ta) huquqiy targʻibot tadbirlari amalga oshirildi.
Xususan, oʻtgan davr mobaynida ommaviy axborot vositalari orqali jami 998 ta, shundan 162 marotaba televideniyada, 173 marotaba radioda,
123 marotaba gazeta va jurnallarda, 1 716 marotaba veb-sayt va boshqa elektron axborot vositalarida chiqishlar qilindi.
Shuningdek, 2026-yilning oʻtgan davrida adliya boshqarmasi va uning tizimidagi idoralar xodimlari tomonidan joylarda jami 9889 ta ogʻzaki huquqiy targʻibot tadbirlari (shundan 874 tasi manzilli targʻibot), shundan 1248 ta maʼruza, 954 ta davra suhbati, 451 ta seminar oʻtkazilib, 7 236 ta holatda uyma-uy yurgan holda aholiga yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati yetkazildi.
Ogʻzaki huquqiy targʻibot tadbirlari 7 419 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarida, 762 ta taʼlim muassasalarida, 1094 ta mehnat jamoalarida va 614 tasi boshqa joylarda oʻtkazildi.
Shuningdek, jami 370 nusxada 16 turdagi yozma targʻibot (oʻquv-qoʻllanma va risolalar) hamda joylarda huquqiy targʻibot tadbirlari davomida jami 18 186 nusxada 338 dan ortiq buklet va flayerlar tarqatildi.
2026-yil 1-choragi davrida boshqarma va tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan amalga oshirilgan huquqiy targʻibot tadbirlari
|
№ |
Tuman (shahar)lar |
Jami OAVlarida |
TV |
radio |
Gazeta va va jurnal |
Veb-sayt va boshqalar |
Jami ogʻzaki huquqiy targʻibot |
Maʼruza (uchrashuv) |
Davra suhbati |
Seminar |
Konferensiya |
Uyma-uy borib |
Manzilli targʻibot |
Yozma huquqiy targʻibot |
Koʻrgazmali targʻibot |
JAMI TARGʻIBOT |
|
1. |
Kosonsoy tumani |
54 |
10 |
8 |
11 |
0 |
50 |
16 |
24 |
3 |
0 |
7 |
50 |
0 |
9 |
122 |
|
2. |
Mingbuloq tumani |
44 |
5 |
5 |
9 |
0 |
125 |
42 |
17 |
5 |
0 |
61 |
124 |
13 |
4 |
319 |
|
3. |
Namangan tumani |
16 |
4 |
5 |
6 |
0 |
227 |
30 |
112 |
58 |
0 |
27 |
227 |
2 |
24 |
348 |
|
4. |
Norin tumani |
56 |
12 |
8 |
10 |
0 |
177 |
12 |
34 |
6 |
0 |
125 |
87 |
0 |
8 |
408 |
|
5. |
Pop tumani |
27 |
6 |
7 |
6 |
2 |
118 |
6 |
38 |
3 |
0 |
71 |
82 |
0 |
17 |
254 |
|
6. |
Toʻraqoʻrgʻon tumani |
21 |
4 |
4 |
5 |
0 |
108 |
3 |
24 |
12 |
0 |
69 |
96 |
0 |
12 |
264 |
|
7. |
Uychi tumani |
89 |
6 |
33 |
16 |
0 |
171 |
15 |
19 |
4 |
0 |
133 |
136 |
1 |
32 |
327 |
|
8. |
Uchqoʻrgʻon tumani |
20 |
3 |
5 |
5 |
0 |
280 |
59 |
44 |
0 |
0 |
177 |
280 |
0 |
7 |
347 |
|
9. |
Chortoq tumani |
124 |
19 |
23 |
7 |
0 |
234 |
80 |
54 |
26 |
0 |
74 |
31 |
2 |
10 |
482 |
|
10. |
Chust tumani |
106 |
6 |
8 |
11 |
0 |
104 |
24 |
24 |
13 |
0 |
43 |
56 |
0 |
20 |
274 |
|
11. |
Yangiqoʻrgʻon tumani |
51 |
10 |
10 |
5 |
0 |
135 |
46 |
18 |
5 |
0 |
66 |
135 |
4 |
14 |
345 |
|
12. |
Davlatobod tumani |
128 |
7 |
10 |
9 |
0 |
93 |
11 |
44 |
0 |
0 |
38 |
93 |
0 |
12 |
208 |
|
13. |
Namangan shahri |
55 |
17 |
13 |
9 |
0 |
147 |
66 |
0 |
8 |
0 |
73 |
36 |
2 |
6 |
208 |
|
14. |
Adliya boshqarmasi |
139 |
48 |
32 |
6 |
2 |
315 |
34 |
30 |
52 |
2 |
199 |
176 |
2 |
40 |
621 |
|
Jami |
998 |
162 |
173 |
123 |
1716 |
7419 |
1248 |
954 |
451 |
0 |
1163 |
7236 |
16 |
338 |
12957 |
|
II. Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash sohasida
Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 7-sentyabrdagi “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-fevraldagi “Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–2761-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son Qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisida”gi Nizomning 7-ilovasiga asosan, 2020-yilning oʻtgan davrida Adliya vazirligidan boshqarmaga elektron shaklda kelib tushgan jami 256 ta normativ-huquqiy hujjatlar “E-XAT” eletron hamkorlik tizimi orqali viloyatdagi barcha davlat organlari va tashkilotlariga yuborilgan.
|
№ |
Qonun hujjatlarini yetkazish boʻyicha statistik maʼlumotlar |
||
|
1. |
Kelib tushgan NHHlar soni |
3887 |
|
|
2. |
Davlat organlari va tashkilotlariga yuborilgan NHHlar soni |
3878 |
|
|
Shundan (1-qatordan) |
|||
|
3. |
Qonunlar soni |
252 |
|
|
4. |
Oliy Majlis palatalarining qarorlari |
0 |
|
|
5. |
Oʻz.Res. Prezidentining hujjatlari |
966 |
|
|
Shundan |
Farmonlar |
196 |
|
|
Qarorlar |
770 |
||
|
6. |
Vazirlar Mahkamasining qarorlari |
840 |
|
|
7. |
Idoraviy NHHlar |
1820 |
|
|
8. |
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari soni |
11 |
|
3. Huquqiy targʻibot sohasini yanada samaradorligini oshirish, davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni yaxshilash borasida huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻlimi tashabbusi bilan amalga oshirilgan ijobiy ishlar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning mazmun-mohiyatini aholi va ijrochilarga yetkazish va ularning Namangan viloyatida ijro etish holatini nazorat qilish natijalari yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarga moʻljallangan “Qaror va farmon sharhi” kontentlari tayyorlanib kelinmoqda. Ayni vaqtga qadar mazkur kontentlarning 16 ta soni tarmoqlarga joylandi.
Qolaversa, viloyat televideniyesiga hafta davomida huquqiy mazmunda kelib tushayotgan savollarga javob berish maqsadida “Guldasta” (jonli efir) dasturida “Huquqiy maslahat” rukni tashkil etildi. Unda Adliya boshqarmasi va uning tuman (shahar) boʻlimlarining mutaxassislari ishtirok etmoqda. Ayni vaqtga qadar ushbu koʻrsatuvda 26 nafar xodim ishtirok etdi.
Bundan tashqari, “Adliya aralashgach”, “Bir murojaat izidan”, “Mahalla huquqshunosi” loyihalari doirasida reportajlar va postlar tayyorlanmoqda.
4. NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLAR FAOLIYATI SOHASIDA.
Hozirgi kun holatiga Namangan viloyatida 637 ta NNT faoliyat yuritmoqda. Shundan, 461 tasi davlat roʻyxatidan, 176 tasi hisob roʻyxatidan oʻtgan NNTlar tashkil etadi.
Davlat roʻyxatidan oʻtgan 461 ta NNTning 382 tasi jamoat birlashmalari, 47 tasi jamoat fondlari, 23 tasi muassasa shakldagi, 9 ta boshqa tashkiliy-huquqiy shakldagi NNTlar hisoblanadi.
Hisob roʻyxatidan oʻtgan 176 ta NNTning 152 tasi jamoat birlashmalari, 13 tasi jamoat fondlari, 10 tasi muassasa, 1 tasi boshqa tashkiliy-huquqiy shakldagi NNTlar hisoblanadi.
Shu jumladan, 2025-yildan boshlab kasaba uyushma boshlangʻich tashkilotlarini hisobga qoʻyish amaliyoti yoʻlga qoʻyilib, 2026-yilning 1-choragi davomida 16 ta yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushma boshlangʻich tashkilotlari hisobga qoʻyilgan.
Shundan viloyatda faoliyat yuritayotgan jami 637 ta NNTning
534 tasini jamoat birlashmasi, 60 tasini jamoat fondlari, 33 tasini muassasalar va 10 tasini boshqa tashkiliy- huquqiy shaklda NNTlar tashkil qiladi.
Shuningdek, viloyatda 196 ta islomiy hamda 4 ta noislomiy, jami 200 ta diniy tashkilotlar faoliyat yuritmoqda.
Namangan viloyat adliya boshqarmasiga 2026-yil 1-aprel holatiga roʻyxatdan oʻtkazish masalasida 4 ta, 13 ta qayta roʻyxatga olish masalasida NNTlarning arizalari kelib tushgan hamda 2 tasi qanoatlantirilgan, 15 tasi jarayonda.
2024-yil 1-aprel holatiga viloyatda 14 ta doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari mavjud.
Shoʻba tomonidan hisobot davrida 2 ta NNTda oʻrganish oʻtkazildi, 9 ta NNT monitoringi amalga oshirildi hamda NNT va DTlar tomonidan adliya vazirligining e-ngo.uz elektron portali orqali taqdim etilgan 861 ta tadbirlar va 87 ta rahbar organlar rekvizitlari toʻgʻrisidagi xabarnomalar yuzasidan tahliliy maʼlumotnomalar tayyorlandi.
Yuqoridagi nazorat tadbirlari natijalari yuzasidan 2 ta maʼmuriy bayonnoma, 1 ta maʼmuriy taklif rasmiylashtirildi hamda 110 ta taqdimnomalar tegishli tartibda qonunbuzilish sodir etgan tashkilotlarga chiqarildi.
5. NOTARIAT, ADVOKATURA VA MEDIATSIYA SOHASIDA.
I. Notariat sohasida.
Namangan viloyatida hozirgi kunda 64 nafar xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyat olib bormoqda.
Reja asosida 6 ta, “Sirli mijoz” asosida 15 ta xususiy notariuslar faoliyati oʻrganildi.
Oʻrganish natijasida 12 ta xususiy notariuslarning faoliyati toʻxtatildi.
II. Advokatlik tuzilmalari boʻyicha.
Namangan viloyatida hozirgi kunda advokatlik faoliyati boʻyicha jami berilgan litsenziyalar soni (2009-yildan buyon) 467 tani tashkil etadi.
Hozirgi kunda litsenziya olib ishlayotganlar soni 275 nafarni, litsenziya olib ishlamayotganlar soni 56 nafarni tashkil etadi.
Roʻyxatdan oʻtkazilgan advokatlik tuzilmalari soni (2009-yildan buyon) 106 tani, shundan byurolar – 91 ta, hayʼatlar – 6 ta va firmalar – 9 tani tashkil etadi.
III. Oʻtkazilgan xizmat tekshiruvlari boʻyicha.
2026-yil I choragi holatiga notariuslar xatti-harakatlari ustidan 7 marotaba xizmat tekshiruvlari oʻtkazilgan.
IV. Litsenziyani toʻxtatib turish boʻyicha.
2026-yilning oʻtgan davri davomida malaka komissiyasining 4 ta yigʻilishi oʻkazilib, malaka komissiyasi yigʻilish qaroriga asosan jami 12 nafar notariusga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilish muddati maʼlum bir muddatga toʻxtatildi.
V. Kelib tushgan murojaatlar boʻyicha.
2026 yilning I choragi davomida boʻlimga jami 45 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, shundan 31 ta shikoyat hamda 14 ta ariza hisoblanadi.
Kelib tushgan 31 ta shikoyatdan 7 tasi qanoatlantirilib, 18 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 4 tasi taalluqliligi boʻyicha yuborilgan hamda 2 tasi koʻrmasdan qoldirilgan.
Shuningdek, 14 ta arizadan 5 tasi qanoatlantirilib, 3 tasiga huquqiy tushuntirish berilib, 6 tasi taalluqliligi boʻyicha yuborilgan.
6. INSON HUQUQLARINI HIMOYA QILISH SOHASIDA.
I. Oʻtkazilgan tekshirishlar yuzasidan:
Shoʻba tomonidan 2026-yilning 1-choragi davomida 13 ta davlat organi va tashkilotlarida 13 ta oʻrganishlar va 1 ta monitoring oʻtkazildi.
2. Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarini koʻrib chiqilishi:
Boshqarmaga inson huquqlarini himoya qilish sohasida 2026-yilning
1-choragi davomida jami 106 ta ariza va shikoyat kelib tushgan boʻlib, murojaatlarning 56 tasi shoʻba tomonidan hal etilgan, shundan 29 ta (52%) murojaat qanoatlantirilgan, 27 ta (48 %) murojaatga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berilgan.
Shu bilan birga, 3 ta murojaat koʻrmasdan qoldirilgan, 26 ta murojaat hal etish uchun adliya boʻlimlariga yuborilgan, 10 ta murojaat esa taalluqliligi boʻyicha tegishli davlat organlari va idoralarga yoʻnaltirilgan.
Murojaatlarni oʻrganish natijasiga koʻra, 20 ta hujjat bekor qilingan yoki yangi qabul qilingan.
Shuningdek, oʻtkazilgan oʻrganish va jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻrganish yakunlari boʻyicha jami 18 ta turli idora va tashkilotlarga taqdimnoma, 7 nafar aybdor shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan vakolatli organlarga taklif (bayonnoma), 1 ta ogohnoma hamda sudlarga 4 ta daʼvo arizalari kiritilgan.
Qoʻllanilgan taʼsir choralari natijasida 7 nafar mansabdor shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortilib, 1 nafar shaxslarga nisbatan intizomiy javobgarlik choralari qoʻllanilgan boʻlsa, kiritilgan taqdimnomalarga asosan 248 448 542 soʻmlik hamda daʻvo arizalarga asosan 1 175 980 490 soʻmlik fuqarolarga toʻlanishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari undirilishi taʼminlandi.
Xususan, Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro A.Aning Respublika tez tibbiy yordam markazi Namangan viloyat filiali tomonidan yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlarga toʻlanadigan maxsus ustamalarni undishda amaliy yordam soʻrab qilgan murojaati oʻrganib chiqilgan.
Filial tomonidan xodim A.A.ga 31 yoshga toʻlgunga qadar jami 8 500 000 soʻm maxsus ustama toʻlab berilmagan.
Adliya boshqarmasi tomonidan Namangan tumanlararo sudiga daʻvo ariza kiritilgan hamda sudning 2026-yil 26-fevraldagi hal qiluv qarori bilan ustama toʻlovlari toʻlanishi taʻminlandi.
Shuningdek, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialida Namangan viloyati Adliya boshqarmasi boshligʻining 2026-yil 25-fevraldagi 65-um-sonli buyrugʻiga asosan ishchi guruhi aʻzolari D.Abdullayev va M.Ismoilov tomonidan “Tibbiyot muassasalarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizom” ijrosi yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, Filialda yangi ish boshlagan yosh shifokorlar M.A, Sh.Z, J.X, R.S, A.X, E.A hamda Z.I.ga toʻlab berilmayotganligi aniqlandi.
Boshqarma tomonidan 2026-yil 16-martda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialiga taqdimnoma kiritib, yuqorida koʻrsatilgan xodimlarga jami 23 515 000 soʻm ustama toʻlovlari undirib berildi.
Yana bir holatda Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqarolar SH.A va A.H.ning Namangan viloyati “Toza hudud” davlat muassasasidan toʻlab berilmagan ish haqini undishda amaliy yordam soʻrab qilgan murojaati oʻrganib chiqildi.
Oʻrganish davomida olingan hujjatlarga koʻra 26.01.2026-yil holatiga Namangan viloyati “Toza hudud” davlat muassasasi xodimlar A.Sh.dan 57 870 317 soʻm, A.X.dan 24 018 058 soʻm ish haqi hisobidan qarzdor ekanligi maʼlum boʻldi.
Shunga koʻra, boshqarma tomonidan Namangan viloyati “Toza hudud” davlat muassasasidan toʻlab berilmagan 57 870 317 soʻm ish haqini kechiktirgan kunlar uchun pulli kompensatsiya bilan birga undirish toʻgʻrisida daʻvo ariza kiritilib, sudning 2026-yil 3-martdagi hal qiluv qarori bilan Namangan viloyati “Toza hudud” davlat muassasasi hisobidan manfaatdor A.Sh foydasiga 57.870.310 soʻm toʻlanmagan ish haqini, mazkur ish haqiga 19.944.426,5 soʻm kompensatsiya, 3.330.000 soʻm maʼnaviy zarar, jami 80.614.7433 soʻm hamda manfaatdor H.A foydasiga ish haqi uchun toʻlanmagan 8.070.067,4 soʻm kompensatsiya, 2.400.000 soʻm maʼnaviy zarar, jami 10.470.067 soʻm undirilishi taʻminlandi.
Shoʻbaga quyidagi soha va yoʻnalishlar boʻyicha murojaatlar kelib tushdi:
.- Mehnat nizolari yuzasidan 25 ta (39 %) shundan:
oylik ish haqi masalasida 19 ta;
- Taʻlim sohasi xodimlarining xatti-harakatlari va sohadagi qonunbuzilish holatlari boʻyicha 4 ta (6.3 %);
- Ijtimoiy himoyaga oid qonunlar boʻyicha 2 ta (3.1 %);
- Kommunal toʻlovlar boʻyicha 3 ta (4.7 %);
- Soliq sohasiga oid qonun hujjatlari yuzasidan 1 ta (1.5 %);
- Yerga oid qonun hujjatlari yuzasidan 2 ta (3.1 %);
- Banklar faoliyatiga oid qunun hujjatlari yuzasidan 1 ta (1.5 %);
- Davlat xizmatlarini koʻtsatish sohasida 2 ta (3.1 %);
- Sud qarorlari yuzasidan 2 ta (3.1 %);
- Prokuratura organlari faoliyatiga doir 1 ta (1.5 %);
- Ichki ishlar organlari faoliyatiga oid 1 ta (1.5 %);
7. DAVLAT XIZMATLARI MARKAZLARI HAMDA FHDY ORGANLARI FAOLIYATI SOHASIDA.
2026-yil 1-chorak davomida Davlat xizmatlari markazlari hamda Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) organlari tomonidan aholiga davlat xizmatlarini koʻrsatish sifatini oshirish, ochiqlik va shaffoflikni taʻminlash, raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish hamda fuqarolarga qulaylik yaratish borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
2026-yilning 1-choragida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan jami 611 313 ta davlat xizmati koʻrsatilib, shundan:
· 241 856 tasi bevosita markazlar orqali,
· 369 457 tasi elektron shaklda amalga oshirildi.
Viloyatda Davlat xizmatlari markazlari tomonidan Sayyor tartibda davlat xizmatlarini amalga oshirish va fuqarolarga interaktiv kiosklar orqali davlat xizmatlaridan foydalanish tizimi joriy etilgan.
2026-yilning birinchi choragida 17 201 ta sayyor tartibda va interaktiv kiosklar orqali 2 133 ta davlat xizmatlarini amalga oshirilgan.
FHDY organlari tomonidan jami:
· 16 154 ta tugʻilish,
· 2 892 ta nikoh,
· 1 045 ta ajrim,
· 3 567 ta oʻlim holatlari qayd etildi.
Shuningdek, arxiv dalolatnoma yozuvlarini raqamlashtirish doirasida
92 682 ta yozuv elektron bazaga kiritildi hamda 58 175 ta yozuvga JShShIR biriktirildi.
8. DAVLAT XIZMATLARINI KOʻRSATISH USTIDAN NAZORAT SOHASIDA.
Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida doimiy tahlil, monitoring hamda oʻrganishlar oʻtkazib kelinmoqda.
Xususan, boshqarma tomonidan 2026-yilning 1-choragi davomida oʻtkazilgan tahlillar natijasida vakolatli organlar tomonidan jami 1 765 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi.
Aniqlangan qonunbuzilish holatlarining 1 673 tasi muddat buzilishi, 7 tasi vakolatli organlar tomonidan ortiqcha hujjatlar talab qilinishi, 91 tasi murojaatlarni asossiz rad etilishi, 1 tasi vakolatli organning qonuniy talabini bajarmaslik holatlariga toʻgʻri keladi.
Ushbu qonunbuzilish holatlari yuzasidan vakolatli davlat organlari va tashkilotlarining 45 nafar mansabdor shaxslari va masʼul xodimlariga nisbatan maʼmuriy javobgarlik chorasi qoʻllanildi.
Shu bilan birga, aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan vakolatli organlarga 1 ta taqdimnoma, 2 ta ogohnoma kiritildi.
Bundan tashqari, sohaga kiritilayotgan oʻzgartirishlardan xabardor etish, fuqarolarga sifatli davlat xizmatlarini koʻrsatilishini taʼminlash maqsadida vakolatli organlarning masʼul xodimlari ishtirokida 1 marotaba oʻquv-seminar mashgʻulotlari oʻtkazildi.
9. YURIDIK XIZMATLAR FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH SOHASIDA.
1. Yuridik xizmat xodimlari faoliyatini muvofiqlashtirish yoʻnalishida:
Yuridik xizmat hodimlari faoliyat yuritayotgan tashkilotlar soni
125 tani tashkil qilib, ushbu tashkilotlarga 121,5 ta shtat birliklari ajratilgan, amalda faoliyat yuritayotgan yuridik xizmat xodimlari soni 115 ta, 6,5 tasi vakant.
Yuridik xizmat xodimlarining 94 nafari attestatsiyadan oʻtkazilgan, attestasiyadan oʻtkazishga taʼlluqli boʻlmagan yuridik xizmat xodimlari
19 nafarni, attestatsiyaga hujjat topshirib, qoldiqda qolgan talabgorlar soni 2 tani tashkil etadi.
Yuristlar malakasini oshirish markazida malakasi oshirilgan yuridik xizmat xodimlar 94 nafarni, malaka oshirishga taalluqli boʻlmagan yuridik xizmat xodimlari 19 nafarni tashkil etadi.
Yuridik xizmat xodimlarining 96 nafarida maxsus unvon-martaba darajalari mavjud.
2. Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyati:
Namangan viloyatidagi yuridik xizmatlar koʻrsatish markazlari va davlat organlari va tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda-davlat organlari va tashkilotlari) oʻrtasida oʻzaro ishni tashkil qilish “E-huquqshunos” yagona elektron tizim orqali amalga oshirilmoqda.
2026-yilning oʻtgan davri mobaynida davlat organi va tashkilotlarining “E-huquqshunos” yagona elektron tizim orqali (01.01.2026-01.04.2026-yilga qadar) jami 175 056 ta, shundan 118 261 ta (67,2%) buyruq, 56 795 ta shartnoma (32,4%), shu jumladan, 28 262 ta (50,4 %) mehnat shartnomasi shaklidagi yuridik tusdagi hujjat loyihalari markazlarga kelib tushgan.
Kelib tushgan jami 175 056 ta hujjat loyihalaridan 160 292 tasiga (91,6%) ijobiy, 5 779 tasiga (3,3 %) salbiy xulosalar berilgan, 8 985 ta (5,1 %) hujjat loyihalari rad etilgan.
118 261 ta buyruq loyihalaridan 108 446 tasiga (91,7 %) ijobiy, 3 928 tasiga (3,3 %) salbiy xulosalar berilgan, 5 887 ta (5,0 %) hujjat loyihalari rad etilgan.
56 795 ta shartnoma loyihalaridan 51 846 tasiga (91,3%) ijobiy, 1 851 tasiga (3,3 %) salbiy xulosalar berilgan, 3 098 ta (5,4 %) hujjat loyihalari rad etilgan.
Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarini mulkiy va boshqa huquqlarini ximoya qilish maqsadida 28 ta talabnoma, 21 ta daʼvo arizalari kiritilib, ularni huquqlari sudlarda samarali himoya qilindi.
Shu bilan birga Markazlar tomonidan 7 ta murojaat tizim orqali qabul qilinib, shundan 1 ta murojaatga huquqiy tushuntirish berildi, 2 ta murojaat koʻrmasdan qoldirildi, 2 ta murojaat tegishliligi boʻyicha koʻrib chiqish uchun yuborildi, 3 ta murojaat keyingi hisobot davriga qoldiq boʻlib oʻtdi.
Markazlar tomonidan davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining huquqiy ongini yuksaltirish maqsadida 2 688 dan ortiq targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.
1-chorak yakuniga koʻra markazlar tomonidan hujjat loyihalarini koʻrib chiqish vaqti boʻyicha viloyat KPI koʻrsatkichi oʻrtacha 2,20 ga (reja 4,00) toʻgʻri kelib, barcha tuman (shahar) yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tomonidan bajarilishiga erishildi.
10. MOLIYA-IQTISOD VA XOʻJALIK FAOLIYATI VA MEHNATNI MUHOFAZA QILISH SOHASIDA.
Boshqarma balansidagi 8 ta mavjud binolarni ijaraga berish yuzasidan xususiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi notariuslar bilan 2026-yil uchun 31 217 500 soʻmlik shartnomalar tuzilib 31-mart xolatiga 12 487 000 soʻm ijara toʻlovlari shartnomaga asosan undirildi.
Shuningdek, Moliya-iqtisod hamda xoʻjalik faoliyati va mehnatni muhofaza qilish boʻlimlari birgalikda boshqarma hamda tuman (shahar) adliya boʻlimlarining internet va aloqa tarmoqlari uchun “Uzbektelekom” Namangan filiali oʻrtasida 212 700 000 soʻmlik, smartoffice.adliya.uz dasturidan foydalanish boʻyicha “Unicon-soft” MCHJ bilan 50 064 000 soʻmlik, komunal toʻlovlar boʻyicha (elektr energiya, ichimlik suvi hamda tabiiy gaz) yetkazib berish boʻyicha 682 000 000 soʻmlik, mavjud balansdagi avtotransport vositalarini taʼmirlash boʻyicha 51 849 000 soʻmlik, benzin va siqilgan gaz bilan taʼminlash boʻyicha 79 780 000 soʻmlik shartnomalar tashkilotlar bilan rasmiylashtilgan.
Shuningdek, xoʻjalik mollari va oq qogʻoz uchun tashkilotlar bilan 160 112 000 soʻmlik shartnomalar Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi orqali tuzilib tovarlar yetkazib beruvchi tashkilotlar tomonidan yetkazib berildi.
Shuningdek, 2026-yil 1-chorak davomida Boshqarma va tuman (shahar) adliya boʻlimlari xodimlari uchun maxalliy budjet mablagʻlari hisobidan
1-guruh xarajatlari uchun 1 961 093 ming.soʻm, adliya organlarining rivojlantirish mablagʻlari hisobidan 1-guruh xarajatlari uchun 12 642 696 ming.soʻm ish va unga tenglashtirilgan toʻlovlar uchun toʻlovlar amalga oshirildi.
2026-yil davomida 3 ta (Davlatobod, Pop, Namangan) tumanda adliya boʻlimi, yuridik xizmatlar koʻrsatish markazlari, davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY boʻlimlarini yagona binoga joylashtirish orqali mazkur reja 100% ga bajarildi.
Boshqarma balansidagi 18 ta mavjud binolarni sotish yuzasidan ishlar amalga oshirilib, Binolardan samarali foydalanishni tashkil etish boshqarmasi balansiga oʻtkazib berildi.
Chorak davomida boshqarma balansidagi mavjud 20 ta taʼmirtalab, nosoz hamda zaruriy ehtiyot qismlari almashtirishga muhtoj holatga kelgan avtotransport vositalari soz holatga keltirildi.
Umumiy summasi 2 399 661 990 soʻmni tashkil etgan 157 ta davlat xaridlari amalga oshirilgan boʻlib, shundan 50 tasi (193 134 684 soʻmlik) kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar xarid qilish boʻlsa, 107 tasi (2 206 527 306 soʻmlik) saqlash xarajatlari bilan bogʻliq xaridlardir.
Shuningdek, 14 ta Davlat xizmatlari markazi binolariga onlayn radiouzel bilan taʼminlanib, boshqarma orqali markazlashtirishga erishildi.
Kosonsoy tuman Davlat xizmatlari markazi binosni kadastr xujjatlari tayyorlanib, adliya boshqarmasi balansiga qabul qiilindi.
Boshqarma balansidagi binolarda jami 660 kVt. quvvatli fotoelektrik stanqiyalari hamda 2700 litr xajmli suv isitish moslamalari mavjud boʻlib, chorak davomida 187 768 kVt/soat energiya tejashga erishildi.
“Yashil makon” dasturi doirasida Namangan viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi muassasalar tomonidan 2800 tup mevali va manzarali daraxtlarning ekilishi belgilangan boʻlib, 3320 tup daraxtlar ekildi va belgilangan reja 119%ga bajarildi.
Bu oʻrinda Chortoq tumani 360%, Yangiqoʻrgʻon tumani 165%, Namangan tumani 125%, Norin tumani 115%, Chust va Mingbuloq tumanlarining 110% ga rejani bajarganliklari salmoqli oʻrin tutmoqda.
11. KADRLAR BILAN ISHLASH SOHASIDA.
Boshqarma va uning tizimiga xodimlarni ishga qabul qilish:
2026-yil 1-choragi davomida boshqarma tomonidan jami 3 nafar xodim ishga qabul qilingan.
Mehnat shartnomasini bekor qilish boʻyicha:
Boshqarma tomonidan jami 5 nafar adliya boʻlimi xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Boshqa lavozimga oʻtkazish boʻyicha:
Boshqarma tomonidan jami 18 nafar xodim boshqa lavozimga oʻtkazildi. Shundan, 5 nafar xodim yuqori lavozimga, 12 nafar xodim teng lavozimga
1 nafar xodim quyi lavozimga oʻtkazilgan.
Tanlov va attestatsiya oʻtkazish boʻyicha:
2026-yil 1-choragi davomida 5 marotaba tanlov oʻtkazilib, ushbu tanlovga 213 nafar talabgor ishtirok etish istagini bildirib, ariza bilan murojaat qilgan va tanlov natijasiga koʻra, 8 nafari tanlov asosida ishga qabul qilingan.
Maxsus unvon – martaba darajalariga tavsiya etish boʻyicha:
Boʻlim tomonidan 2026-yil 1 choragida Nizom talablaridan kelib chiqib, boshqarma va uning tizimidagi 2 nafar xodimlari maxsus unvon – martaba darajalariga tavsiya etilgan.
Xodimlarga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy jazo choralari boʻyicha:
Boshqarma tomonidan 2026-yil 1 choragida jami 4 nafar xodimga nisbatan intizomiy jazo choralari qoʻllanilgan.
Xodimlarni ragʻbatlantirish boʻyicha:
Boshqarma tomonidan jami 55 nafar xodim faxriy yorliq, pul mukofotlari bilan ragʻbatlantirildi.
Maxsus xabar berish tartibi boʻyicha:
Boʻlim tomonidan turli xodisa va huquqbuzarliklar yuzasidan maxsus xabar berilmagan.
Xizmat tekshiruvi oʻtkazish tartibi boʻyicha:
Boshqarmaning masʼul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilmagan.
Bundan tashqari, Namangan viloyat adliya boshqarmasi hamda tuman(shahar) adliya boʻlimlarida “Korrupsiyaga qarshi kurash – bosh maqsadimiz”, “Korrupsiya – adolat kushandasi” kabi turli mavzularda tayyorlangan bannerlar hamda bukletlar tayyorlanib, xizmat xonalariga joylashtirildi.
Shuningdek, tizimda “Korrupsiyaga qarshi kurash oyligi” tadbirlarini tashkil qilish amaliyoti joriy qilinib, Namangan viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan joylarda jami 50 dan ortiq seminar, uchrashuv va davra suhbatlari oʻtkazildi.
REJALALASHTIRISH VA NAZORAT
TAHLIL SHOʻBASI