Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Kam ta’minlangan deb e’tirof etilganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma berish tartibidan xabardormisiz?


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-son qarori 19-ilovasi bilan tasdiqlangan “Jismoniy va yuridik shaxslarga ma’lumotnomalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona ma’muriy reglamenti”da, kam ta’minlangan deb e’tirof etilganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma berish, Davlat xizmati markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan ko‘rsatiladi.

Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPdan ro‘yxatdan o‘tadi.

Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 19-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi.

So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

Familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi) Pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JSH SHIR ma’lumotlari);

Ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus) tallaniladi.

Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori: Bepul.

Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: Real vaqt rejimida.

Izoh: Ma’lumotnoma o‘n ikki oy davomida amal qiladi.

Chotoq tuman adliya bo‘limi
Davlat xizmatlari markazi katta mutaxassisi
Otamirzayev Nosirjon