Янгиликлар
Chortoq tuman adliya bo‘limiga 2026-yilning I-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlili
Chortoq tuman adliya bo‘limi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan tartibda, oʻz
vaqtida, har tomonlama va sifatli koʻrib chiqilishi taʼminlab borilmoqda.
Bu borada ishlarga e’tibor bersak, 2026-yilning o‘tgan uch oyi davomida Chortoq tuman adliya boʻlimga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 49 ta (11 ta ariza, 38 ta shikoyat) murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlarning 46 tasi hal etilib, shundan 34 tasi yoki 74 foizi qanoatlantirilgan (4 ta ariza, 30 ta shikoyat), 7 tasiga (135 ta ariza, 60 ta shikoyat) huquqiy tushuntirish berilgan, 7 ta murojaatlar bo‘yicha o‘rganish davom etayotgan va 1 tasi koʻrmasdan qoldirilgan, Kelib tushgan murojaatlarning sohalar kesimida tahlili: Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotiga oid – 2 ta; Inson huquqlarini himoya qilishga oid – 41 ta; Davlat xizmatlarini ko‘rsatishga oid – 4 ta; Boshqa sohalar bo‘yicha – 2 ta.
Kelib tushgan murojaatlar yuzasidan qo’llanilgan ta’sir choralari (taqdimnoma va sudlarga kiritilgan da’vo arizalari) natijasida jami, 1 yuz 32 mln so‘mdan ortiq pul mablag‘lari undirilishiga erishilgan.
Kelib tushgan shikoyatlar xususiyatlari bo‘yicha tahlil qilingan vaqtda, mehnat nizolari yuzasidan 22 ta, shundan, oylik ish haqini olish masalasida 6 ta, ta’limga doir qonun hujjatlari yuzasidan 4 ta, ijtimoiy himoyaga doir qonunlar yuzasidan 2 ta, uy-joyga doir qonunlar yuzasidan 2 ta, soliq sohasiga oid qonun hujjatlari yuzasidan 1 ta, davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida 1 ta, yuridik xizmatga doir qonun hujjatlari yuzasidan 1 ta va 5 ta boshqa masalalar yuzasidan hissasiga to‘g‘ri keladi.