Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Zo‘ravonlikka qarshi kurash va sog‘lom kelajak sari muhim qadam


To‘raqo‘rg‘on tumani ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan sinflari mavjud maktab-internatida yuqori sinf o‘quvchi qizlari ishtirokida muhim mavzularga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida “Zo‘ravonlikni oldini olish va uning salbiy oqibatlari”, “Reproduktiv salomatlik hamda erta nikohning oldini olish” kabi dolzarb masalalar keng muhokama qilindi.

Uchrashuvda tuman adliya bo‘limi, FHDY bo‘limi, yuridik markaz, ichki ishlar bo‘limi hamda sog‘liqni saqlash tizimi mutaxassislari ishtirok etib, o‘quvchi qizlarga huquqiy va tibbiy jihatdan muhim tushunchalar berishdi. Mutaxassislar tomonidan zo‘ravonlikning turlari, uning inson hayotiga salbiy ta’siri, bunday holatlarning oldini olish yo‘llari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 

Shuningdek, reproduktiv salomatlikni asrash, erta nikohning salbiy oqibatlari, qizlarning sog‘lom va ongli hayot tarzini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob olish imkoniga ega bo‘lishdi.

Mazkur tadbir yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda kelajak avlodning baxtli va farovon hayot kechirishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi


Tarmoqlarimizda bizni kuzatib boring
https://t.me/namanganadliya/43897