Янгиликлар
05
“Sogʻlom koʻzlar” — sogʻlom mehnat garovi!
Namangan viloyat adliya boshqarmasi tizimida 2026-yilda oʻtkazilishi rejalashtirilgan “teambuilding” tadbirlari dasturiga muvofiq, “Sogʻlom koʻzlar” shiori ostida
navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy va sogʻlomlashtirishga qaratilgan trening tashkil etildi. Tadbir Namangan viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.Davra suhbati shaklida tashkil etilgan mazkur uchrashuvda soha mutaxassisi — oftalmolog tomonidan ko‘z kasalliklarining kelib chiqish sabablari, zamonaviy ish jarayonida (ayniqsa, kompyuter va elektron qurilmalardan uzoq vaqt foydalanishda) ko‘z zo‘riqishining oldini olish, ko‘rish qobiliyatini asrash va gigiyena qoidalariga rioya etish yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, ko‘z salomatligini mustahkamlash, to‘g‘ri ovqatlanish, maxsus mashqlar hamda profilaktik ko‘riklarning ahamiyati haqida foydali tavsiyalar taqdim etildi.
Tadbir yakunida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassisga murojaat qilib, atroflicha javoblar oldilar.
Mazkur trening xodimlar salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jamoada yanada ijobiy muhitni shakllantirishga xizmat qildi.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi