Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Uychi tumanidagi tergov hibsxonasida “Sayyor qabul” tashkil etildi


Davlatimiz rahbarining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan viloyatida jinoyatchilikning oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash hamda aholining huquqiy muammolarini joyida o‘rganishga qaratilgan tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda Namangan viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, viloyat adliya boshqarmasi, viloyat IIB hamda sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamkorligida Uychi tumanidagi mintaqaviy hudud 6-sonli tergov hibsxonasida saqlanayotgan xotin-qizlar uchun “Sayyor qabul” tashkil etildi.

Tadbir davomida xotin-qizlarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan huquqiy, ijtimoiy hamda tibbiy masalalar yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, mavjud muammolarni qonuniy hal etish bo‘yicha amaliy ko‘maklar ko‘rsatildi.

Mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan jazoni o‘tash yoki tergov jarayonida bo‘lgan xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda kelgusida jamiyatga moslashuvini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bunday sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish hamda inson qadrini ulug‘lash tamoyillarini hayotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.


 Namangan viloyati adliya boshqarmasi