Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Yangi Namanganda tadbirkorlarga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.


    "Kontrafaktsiz oy" oyligi doirasida Yangi Namangan tumanida tadbirkorlar uchun qulaylik yaratish va ularning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi sayyor davlat xizmatlari tashkil etildi.


   Tadbir tuman “Kelajak tongi” hududida joylashgan “Namangan Avto Mega stroy” savdo kompleksida o‘tkazildi. Unda bo‘lim xodimlari tomonidan tadbirkorlarning uzog‘ini yaqin qilish, ortiqcha vaqt va mablag‘ sarfini kamaytirish hamda zarur huquqiy masalalar yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.

    Sayyor xizmat davomida 30 nafardan ortiq fuqarolarga elektron raqamli imzo (ERI) kalitini rasmiylashtirish, tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kabi davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Shuningdek, murojaatchilarni qiziqtirgan savollarga belgilangan tartibda batafsil tushuntirish va tavsiyalar berildi.

    Bunday sayyor xizmatlar tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.


Namangan viloyati adliya boshqarmasi